20 oktyabr kuni Buyuk Britaniya tarixidagi uçinçi ayol boş vazir (Margaret Tetçer va Tereza Meydan keyingi) Liz Trass 45 kunlik boş boşqaruvdan söng iste’foga çiqişini e’lon qildi. Trass sobiq boş vazir, Boris Jonson atrofida yuz bergan siyosiy mojarodan söng hokimiyatga kelgan edi. Qisqa muddatli boşqaruviga qaramay, köpçilik mutaxassislar uni Britaniya tarixidagi eng omadsiz boş vazirlaridan biri deb atamoqda. Uning tezkor iste’fosiga nimalar sabab böldi?

Hokimiyatga yöl

Boş vazir lavozimini egallagunga qadar nafaqat Buyuk Britaniyada, balki xorijda ham taniqli siyosatçilardan biri hisoblangan Boris Jonsondan farqli ölaroq, Trass 2012 yildan beri yuqori davlat lavozimlarida işlaganiga qaramay, hatto Britaniyada ham unçalik maşhur emasdi.

2022 yilgaça siyosatdan uzoq odamlar Trassning faqat 2014 yildagi partiya konferensiyasida sözlagan ma’ruzasini eslaşi mumkin. Öşanda u partiyadoşlariga Britaniya mamlakatda iste’mol qilinadigan pişloqning uçdan ikki qismini import qilişi kerakligi haqida xabar berib, qayğuli ifoda bilan şunday degandi: «This. Is. A. Disgrace (Bu. Naqadar. Şarmandalik)». Qisqa vaqt içida bu ibora memga aylanib ketgandi.

Bölajak boş vazir xonimning siyosiy karerasi haqiqatan ham boş aylanadigan darajada omadli bölib çiqadi.

Meri Elizabet Trass talabalik çoğida siyosatga qiziqib, özi tahsil olgan Oksford universitetining Liberal-demokratlar klubiga qöşiladi. Ammo öqiş tugaşi bilanoq u bugungi kunda özi rahbarlik qilayotgan Konservativ partiyaga ötadi.

2001 yilda Oksford bitiruvçisi Shell and Cable & Wireless kompaniyasiga hisobçi bölib işga kiradi va parlament saylovlarida öz omadini sinab köradi. Dastlab Hemsvort, keyin esa Kalder-Valli okrugidan öz nomzodini qöyadi, biroq ikkala uriniş ham muvaffaqiyatsiz tugaydi. Şunday bölsa-da Trass siyosiy ambitsiyalarini yöqotmaydi.

U siyosatga boşqaça yöl bilan kirişga qaror qildi: bir poğona pastga tuşadi va 2006 yilda Londonning Grinviç tumani kengaşiga muvaffaqiyatli saylandi. Trass 2010 yilda konservatorlar yetakçisi va boş vazir Devid Kemeron jamoasiga qöşiladi hamda parlamentga kirişga muvaffaq böladi.

Liz Trass adliya vaziri sifatida London lord-meri pasxa ziyofatiga taşrif buyurmoqda. 2016 yil 14 noyabr.
Carl Court / Getty Images