«Bugun, 21 oktyabr, mahalliy vaqt bilan soat 18:00 da prezidentlikka nomzodlarni röyxatga oliş jarayoni yakunlandi. Endi saylovoldi taşviqoti boşlanadi, u 28 kun davom yetadi», — dedi Markaziy saylov komissiyasi raisi örinbosari Konstantin Petrov.
Qozoğiston prezidenti saylovida qatnaşiş uçun 12 kişi hujjat topşirgan edi. Ulardan faqat olti nafari nomzod sifatida röyxatga olingan.
Nomzodlarning 2 nafari ayol, 4 nafari erkak, 1 nafari davlat xizmatçisi, 1 nafari tijorat tuzilmasi vakili, 4 nafari nodavlat sektor vakili, 1 nafari siyosiy partiya vakili.
Prezidentlikka röyxatga olingan nomzodlar:
- Qosim-Jömart Töqayev – Ijtimoiy-siyosiy kuçlar xalq koalitsiyasidan;
- Karakat Abden – Professional ijtimoiy işçilar milliy alyansi Respublika jamoat birlaşmasidan;
- Jiguli Dayraboyev – «Ovul» Xalq demokratik vatanparvarlik partiyasidan;
- Meyram Kajiken – «Amanat» kasaba uyuşmalari respublika jamiyatidan;
- Saltanat Tursinbekova – «Qozoq analari – dasturge jol» respublika jamoat birlaşmasidan;
- Nurlan Auyesbayev – muxolifatdagi Milliy sotsial-demokratik partiyadan.
Qozoğistonda navbatdan taşqari prezident saylovi 20 noyabr kuni ötkaziladi.











