Aşxobodda keçgan Özbekiston–Turkmaniston oliy darajadagi muzokaralari yakunida ikki davlat rahbarlari brifing ötkazdi.
Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov va u orqali qardoş turkman xalqiga samimiy mehmondöstlik uçun minnatdorlik bildirdi.
Turkmanistonda Berdimuhamedov yuritayotgan siyosat tufayli erişilayotgan yutuqlardan Özbekiston xursand ekani ta’kidlandi. Bu yangilanişlarning asosçisi Turkmaniston Milliy Kengaşi Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov ekani qayd etildi.
Keyingi yillarda Özbekiston-Turkmaniston munosabatlariga mutlaqo yangi ruh bağişlangani va ikki tomonlama hamkorlik strategik tus olganiga e’tibor qaratildi. “Turkmaniston bilan şeriklikni yanada mustahkamlaş – Özbekiston taşqi siyosatining özgarmas ustuvor yönalişi”, – dedi Şavkat Mirziyoyev

Tomonlar savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada kengaytirişni şeriklikning asosi deb belgilab oldi. Bugun, 21 oktyabr kuni zamonaviy infratuzilmaga ega Çegaraoldi savdo zonasi qurilişi boşlanadi. “Bu tovar ayirboşlaşning oşişi, biznes aloqalarining kengayişi, mamlakatlarimiz hududlarida yangi iş örinlari yaratilişiga xizmat qiladi”, – dedi Özbekiston prezidenti.
Bundan taşqari, sanoat, energetika, qişloq xöjaligi, transport va logistika sohalarida loyihalarni amalga oşiriş orqali kooperatsiya aloqalarini faol rivojlantirişga kelişib olindi.
Suvdan foydalaniş va atrof-muhitni muhofaza qiliş, tabiiy tusdagi favqulodda vaziyatlarning oldini oliş va oqibatlarini bartaraf etiş borasidagi hamkorlikning ustuvor yönalişlari belgilab olindi.

Markaziy Osiyodagi transçegaraviy daryolarning suv resurslaridan oqilona foydalaniş uçun konstruktiv muloqotni davom ettiriş muhimligi qayd etildi.
Özbekiston va Turkmaniston örtasida diplomatik munosabatlar örnatilganining 30 yilligini keng nişonlaş maqsadida kelgusi yilda ikki tomonlama Madaniyat va kino kunlari, festivallar va boşqa tadbirlarni ötkazişga kelişib olindi.
Xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb masalalari yuzasidan Toşkent va Aşxobodning pozitsiyalari muştarak ekani qayd etildi. BMT, YeXHT, MDH, ŞHT, TDT, OQXF va boşqa köp tomonlama tuzilmalar doirasidagi faol hamkorlik davom ettiriladi.














