Yevropa komissiyasi (YeK) 20 oktyabr, payşanba kuni olti oylikdan tört yoşgaça bölgan bolalarni emlaş uçun Pfizer/BioNTech va Moderna kompaniyalarining COVID-19’ga qarşi vaksinalaridan foydalanişni ma’qulladi. Şu tariqa, YeK Yevropa dori agentligi (YeMA) tavsiyalarini qabul qildi. Ilgari ikkala vaksina ham kattalar hamda beş yoşli (Pfizer) va olti yoşdagi (Moderna) bolalar uçun tasdiqlangan.
Tört yoşgaça bölgan bolalar uçun emlaş dozalari sezilarli darajada past böladi. EMA mutaxassislarining fikriga köra, tadqiqotlar şuni körsatadiki, bu doza tanani infeksiyadan himoya qiliş uçun yetarli. Hozirda Yevropa ittifoqining turli mamlakatlarida çaqaloqlar va yoş bolalarni ommaviy emlaş masalasi muhokama qilinmoqda.
Bundan taşqari, Yevropa komissiyasi SARS-CoV-2’ga qarşi modifikatsiyalangan Moderna Spikewax vaksinasini koronavirus omikron variantining BA.4 va BA.5 subvariantlariga qarşi foydalaniş uçun tasdiqladi. Şu bilan birga, uşbu vaksina koronavirusning oldingi variantlariga qarşi samarali bölib qolmoqda, deb ta’kidladi EMA mutaxassislari. Ular Spikewax’dan joriy kuz/qiş mavsumida kattalar hamda 12 va undan katta yoşdagi bolalar uçun kuçaytiruvçi vosita sifatida foydalanişni tavsiya etyapti.
«Yevropada infeksiya holatlari yana köpaymoqda, şuning uçun bu qişda hamma öz himoyasini emlaş va takroriy emlaşlar bilan kuçaytirişi muhim», deb yozdi Yevropa komissari Stella Kariakides Twitter’da.
Germaniyada oktabr oyida koronavirus bilan kasallaniş ösişda davom etmoqda. 19 oktyabr holatiga köra, Germaniyadagi kasalxonalarda koronavirus bilan kasallanganlar soni 24 000 dan oşdi, bu yozgi tölqinning eng yuqori çöqqisiga teng. Şifokorlar kelgusi haftalarda bemorlar yana köpayişi kasalxonalarning haddan taşqari yuklanişiga olib kelişidan xavotirda, şu jumladan xodimlar orasida kasallanişning köpayişi tufayli xodimlar yetişmovçiligi yuzaga kelişi mumkin.
Mamlakat kovidga qarşi ayrim çeklovlarni, jumladan yopiq joylarda majburiy niqob taqişni qaytariş imkoniyatini muhokama qilmoqda.












