Qitmir muxbir telegram kanalining yozişiça, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi 21 oktabr – Özbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan tadbir taşkil qilgan. Unda faol qatnaşgan iştirokçilarga tojik tilida yozilgan kitoblar sovğa qilingan.

“Özbek tilida töğri va ravon sözlaşiş madaniyatini yuksaltiraylik, tilimizni rivojlantiraylik”, deb iştirokçilarga tojik tilida yozilgan kitob sovğa qilişibdi”, – deb yozgan kanal muallifi.

Xabar e’lon qilingandan keyin, turli ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilari orasida muhokamalarga sabab bölgan.

«Vale iştirokçilarga tojik tilidagi kitoblar sovğa qilinganiga nima deysiz? Buni Mir Alişer Navoiy hazratlari körganida bormi, naqd «Muhokamat-ul luğatayn» kitobi bilan taşkilotçilarning boşlariga urgan bölarmidi?» – deya kinoya qilgan RakursUz Telegram-kanali muallifi jurnalist Muslim Mirzajonov.

Vazirlik matbuot xizmatining Kun.uz’ga ma’lum qilişiça, tadbir uçun kitoblar sotib olinganda ularning içiga tojik tilidagilari ham qöşilib qolgan.

“Hozir kimlarga tojik tilidagi kitoblar tarqatilgan bölsa, aniqlab özbekça kitoblar bilan almaştirib berilyapti”, – dedi vazirlik matbuot xizmati rahbari Mavjuda Mirzayeva.