«MYu» Londonda mehmon, «Roma» A Seriya peşqadamiga qarşi. Hafta öyinlari anonsi
|20:53 / 22.10.202231 25217 min
Foto: Getty ImagesFoto: Getty Images
Keça parijliklar navbatdagi yirik ğalabani qölga kiritdi va Neymarsiz harakat qilgan Messi-Mbappe juftligi birgalikda uçta gol «yaratişdi». Bugun esa bizni bir qator top uçraşuvlar kutib turibdi. Avgustda «Brayton» bilan ten Hagni yenggan Potter ikkinçi marotaba şu işga urinib köradi, Ispaniyada esa Madrid va Andalusiya töqnaşadi – biratöla ikki uçraşuv. Italiyada Şomurodov bilan birga maşğulot ötkazadigan futbolçilar A Seriya peşqadamini yengişga urinib körişadi.
ÇeLSI – MANÇeSTeR YuNAYTeD (22 oktabr, 21:30)
Beş yil oldin «Çelsi» «Stemford Brij»da Morataning goli hisobiga «Mançester Yunayted» ustidan 1:0 hisobida ğalaba qozongan. Öşa kuni mezbonlar asosiy tarkibida maydonga tuşgan futbolçilardan faqat Aspilikueta, mehmonlardan esa De Xea va Reşford qoldi xolos. Şundan buyon APLda jamoalar 9 marta töqnaş kelişdi va «Çelsi» ğalaba qozona olgani yöq. Töğri, orada ikki marta londonliklar «Uembli»da, Kubok bahslarida ustun kelganini ham e’tirof etiş kerak. Jamoalar örtasidagi oxirgi tört uçraşuv esa durang natija bilan tugagan.
Bugungi uçraşuvga ham jamoalar turnir jadvalida qöşni ölaroq röbaro‘ kelişmoqda. «Çelsi» atigi bir oçko oldinda bormoqda va agar mehmonlar ustun keladigan bölsa, ten Hag jamoasi uşbu mavsumda ilk bor kuçli törtlikka kirib oladi. «Yunayted» top raqiblarga qarşi öyinlarni juda yaxşi ötkazmoqda, «Old Trafford»da «Liverpul», «Arsenal» va «Tottenhem» mağlub etildi, ammo yagona safar uçraşuvi «Etihad»da qanday tugaganini bilasiz. Ten Hag matbuot anjumanida qaysi maydonda öynaşning farqi yöqligini va faqat ğalaba uçun maydonga tuşişini ta’kidlab ötdi.
«Çelsi» yangi murabbiy qöl ostida asta-sekin öziga kelmoqda. Jamoaning mağlubiyatsiz öyinlari seriyasi 7 öyinga yetdi, Çempionlar Ligasidagi vaziyat biroz önglandi. Ayniqsa, himoya çiziğini alohida e’tirof etiş kerak – Kepa beş öyindan beri öz darvozasidan gol olib çiqqani yöq. Töğri, qatorasiga 5 ğalabadan söng, «Brentford» maydonida durang qayd etildi, ammo Potter bu uçraşuvda ba’zi futbolçilarga dam berganini ham ta’kidlaş kerak. «MYu»ga qarşi öyin, uç kun ötib esa Çempionlar Ligasidagi hal qiluvçi bahs oldidan murabbiy rotatsiya amalga oşirdi, deyiş mumkin. Katta ehtimol bilan Obameyang, Silva, Kovaçiç, Sterling kabi futbolçilar bugun ilk daqiqalardan maydonga tuşişadi.
Yöqotişlarga kelsak, mezbonlar safida doim «Yunayted»ga qarşi öyinlarda gol urişni yoqtiradigan Kante, şuningdek, Ris Jyeyms maydonga tuşa olmaydi. Mehmonlar safida esa Marsiyal, Maguayr va Donni van de Bek töliq tiklanib ulgurgani yöq. Ten Hag keça faqat Aaron van Bisakka töliq maşğulotlarga qaytganini ma’lum qildi. Şuningdek, «Çelsi» darvozasiga oxirgi golni urgan «iblis» – Kriştianu Ronaldu ham Londonga bormadi. Buning sababi hammaga ma’lum.
Mavzuga oid
ReAL MADRID – SeVILYa (22 oktabr, 23:55)
«Osasuna»ga qarşi öyindagi durangdan söng, «Real» La Ligadagi ustunligini asta-sekin qöldan çiqaradigandek tuyulgandi. Ammo jamoa yana önglanib oldi va ayniqsa, El-Klasikodagi işonçli ğalaba madridliklarga uç oçko, peşqadamlikka qaytişdan taşqari, yaxşi ma’nodagi xotirjamlik taqdim etgani şubhasiz. Karlo Ançelotti şogirdlari «Sevilya»dan keyin «Jirona», «Rayo» va «Kadis»ga qarşi maydonga tuşişadi – mundialdan keyingi öyinlargaça «Real» turnir jadvalidagi peşqadamlikni heç kimga berib qöymasligi ehtimoli katta.
Foto: Getty Images
«Sevilya»da vaziyat teskari. Jamoa ança qulay taqvim bilan mavsumni boşladi va yetarliça oçko zaxirasi töplab oliş imkoniyati bor edi. Ammo öşa öyinlarda andalusliklar kutilgan natijalarni qayd eta olişmadi, endi esa ança qiyin raqiblar navbati boşlandi. Lopategi ketib, Sampaloli kelgaç, jamoa tört öyindan beri mağlubiyatga uçramayapti, lekin bu yetarli emas. Madridga safardan söng, jamoani «Betis», «Sosedad» kabi jamoalar ham kutib turibdi. Tabiiyki, şundoq ham turnir jadvalining ikkinçi yarmida yurgan «Sevilya»ga yuqori örinlarga qaytiş juda qiyin böladi. «Sevilya»da har bir çiziqda muammolar bor – odatda öz darvozasi oldida işonçli öynaydigan jamoa gol ötkaziş böyiça ligada 12-örinda bormoqda. Gol uriş borasida esa faqat uç jamoa «Sevilya»dan kamroq raqib darvozasini işğol qilgan xolos.
Buning ustiga sönggi yillarda «Real» «Sevilya»ga ança noqulay raqibga aylangan. Oxirgi 7 öyinda «Sevilya»da birorta ham ğalaba yöq. Madriddagi öyinlarda esa mehmonlar oxirgi marta 2008 yilda ğalaba qozongandilar.
Tarkiblar borasida «Real»da yöqotişlar yöq. Faqat Sebalos va Dias jarohatlanişgan, ammo şundoq ham bu futbolçilar asosiy tarkibda maydonga tuşişmasdi. Mehmonlardan esa Rekik, Kuassi, Koronalardan taşqari, Kike Salas ham öynay olmaydi. U «Valensiya»ga qarşi öyinda hakam tomonidan maydondan çetlatilgandi.
BeTIS – ATLeTIKO (23 oktabr, 19:15)
«Betis» Yevropa Ligasida keyingi bosqiç masalasini deyarli hal qildi va guruhdagi raqibi Mourinoning e’tirofiga köra, Pellegrini şogirdlari uşbu turnirda ğalaba qozoniş uçun yetarli salohiyatga ega. La Ligada esa jamoada haqiqiy sinov onlari boşlanmoqda.
«Betis» ötgan mavsumda ham sönggi turlargaça YeÇL örinlari uçun kuraşgan va faqat yakuniy bosqiçda muvaffaqiyatsizlikka uçragandi. Bu safar ham «Betis» yuqori örinlar uçun kuraşmoqda va agar «Atletiko»ni yengadigan bölsa, hatto uçinçi öringa ham kötarilişi mumkin. Töğri, jamoa oxirgi paytlarda köp oçko yöqotdi, ammo e’tibor bersangiz, «Betis» asosan safar öyinlarda oçkolarni boy bermoqda – «Kadis», «Valyadolid», «Selta» va «Real» maydonidagi bahslarda Pellegrini şogirdlari ğalaba qozona olişmadi. Lekin aynan öz stadionidagi öyinlarda «Betis» La Liganing eng yaxşi jamoa hisoblanadi – 5 öyin, 5 ğalaba. Şuningdek, «Betis» yana bir körsatkiç böyiça Ispaniyada yetakçi: jamoa 10 turdan keyin faqat 6 marotaba öz darvozasidan töp olib çiqqan.
Qiziği, «Atletiko» buning tamomila aksi: Simeone jamoasi öz maydonidagi uçraşuvlarda omadsiz, lekin safardagi beş öyindan törttasini öz foydasiga hal qilgan. Faqat bir durang va atigi bir marta gol ötkazib yuborgan. Demak har ikki raqib ham özi uçun qulay şartlarda töp suradi va aynan şu faktor uçraşuvni ança murosasizga aylantirişi mumkin. Buning ustiga, «Betis» aynan «Atletiko»ga qarşi öyinlar statistikasini biroz yaxşilab olişi kerak. Andalusliklar sönggi ön yilda atigi ikki marta raqib ustidan ğalaba qozongan xolos. Ötgan mavsumda esa har ikki öyin (1:3, 0:3) madridliklar foydasiga hal bölgandi.
Tarkiblarga töxtaladigan bölsak, Simeoneda yöqotişlar köproq – Felipe, Koke, Lorente va Lemardan taşqari, Yan Oblakning ham maydonga tuşişi söroq ostida turibdi. «Betis» safida esa yetakçi futbolçilardan biri Serxio Kanales «Kadis» bilan öyinda qizil kartoçka olgani uçun diskvalifikatsiyasi bor. Şuningdek, «Atletiko» uç kun ötib YeÇLda öta muhim öyinda maydonga tuşişini ham inobatga olişi kerak. «Bayyer»ga qarşi öyin madridliklarning guruhdagi taqdirini hal qiladi. Balkim şu sababdan Simeone tarkibda ba’zi rotatsiyalarni amalga oşirişi mumkin.
TOTTeNHEM – NYuKASL (23 oktyabr, 20:30)
Sönggi haftada har ikki jamoa «Old Trafford»ga safar qildi. Agar «MYu» fonida bu jamoalarga baho beradigan bölsak, «Nyukasl» biroz ustun ekanini köramiz. Xau şogirdlari «Trafford»da mezbonlarga deyarli imkoniyat bermadi, bir qator xavfli vaziyatlar ham yaratdi. «Tottenhem» esa barça jabhada imkoniyatni boy berdi. Töğri, bir öyinga qarab kuçlar muvozanatiga baho beriş muşkul, lekin bemalol, öşa öyinlarga qarab, aslida biri çempionlikka da’vogar, ikkinçisi esa yevrokuboklar uçun kuraşişi kutilayotgan bu ikki jamoa ayni pallada deyarli yaqin holatda ekanini aytsak böladi. Ya’ni bu öyinda aniq favorit yöq, şubhasiz, murosasiz holda keçadi.
«Nyukasl» köp durang qayd etayotgan bölsa-da, uşbu jamoani yengiş öta muşkul ekanini natijalar ham körsatib turibdi. Xau jamoasi atigi bir marotaba yutqazgan – «Liverpul» öz maydonida faqat qöşimça daqiqalarda hal qiluvçi golni urganini unutmagan bölsangiz kerak. Nafaqat «Yunayted», balkim Mançesterning narigi klubi ham «Nyukasl» bilan bahsda zörğa mağlubiyatdan qutulib qolgandi – 3:3.
Töğri, «Tottenhem» ayniqsa, top öyinlarda işonçni oqlay olmayapti – «Arsenal» va «MYu»ga qarşi heç narsa qila olmadi. Lekin masalan, uy uçraşuvlarida «Tottenhem» yöqotişsiz boryapti: 5 öyin, 5 ğalaba, 15 gol urilgan. Demak Konte şogirdlari ba’zi öyinlarda yomon öynaşsa-da, bekorga turnir jadvalida uçlikdan joy olgani yöq. «Tottenhem» öziniki bölgan oçkolarni yöqotişsiz yiğib olmoqda. «Nyukasl» Londonda qanday jamoa sifatida saf tortadi, juda muhim. Masalan, «Nyukasl» aynan yanvardan kuçli öyin namoyiş qilyapti, oçko töplaş böyiça faqat «Siti» va «Liverpul»dan ortda qolayotgani bölsa-da, aynan şu «Nyukasl» Konte jamoasi mehmoni bölganida, aprel oyida 1:5 hisobida mağlubiyatga uçragandi.
Yana bir e’tiborli jihat, har ikki jamoada ham aynan öyinni hal qiluvçi asosiy futbolçilarda muammolar bor. Son va Keynni aytmasak, mavsum boşida Kuluşevski va Rişarlison köp uçraşuvlarda hal qiluvçi rolda bölgandilar. Ularsiz «Tottenhem»da muammolar yaqqol közga taşlanyapti. Mehmonlar safida esa Isaak, Sen-Maksimen, Joalinton kabi futbolçilar şeriklariga yordam bera olmaydi.
ROMA – NAPOLI (23 oktyabr, 23:45)
Mourinoning odatiy ikkinçi mavsumida jamoasi eng yaxşi natijasiga erişişi kerak odatda. «Roma» YeÇLga çiqişni öz oldiga maqsad qilgan deb tasavvur qilsak, hozirça, vazifa uddalanmoqda. Lekin «Inter», «Yuventus» kabi jamoalar hali öz imkoniyatlari darajasida öynay olmayotgani, ya’ni hali yetib kelişlari mumkinligini ham inobatga olsak, «Roma»da özini xotirjam qilişga şaroit yöq. Mourino şogirdlari «Napoli»dan söng, «Verona», «Latsio», «Sassuolo», «Torino» kabi kuçli jamoalarga qarşi maydonga tuşadi – aynan kelayotgan ikki hafta rimliklarning mavsumdagi imkoniyatlarini belgilab beradi, deb bemalol aytiş mumkin.
«Napoli» bugungaça nafaqat Italiya, balki Yevropada ham eng yaxşi futbol namoyiş qilayotgan jamoa bölib turibdi, desak mubolağa bölmasa kerak. Har holda «Liverpul» va «Ayaks»ga qarşi 3 öyinda 14 gol urişga qodir jamoa hozir dunyoda ham sanoqli bölsa kerak. Ammo boşqa bir jihat ham bor. «Napoli»ning A Seriyadagi körsatkiçlari ötgan mavsumning 10-turidan keyin hozirgidan ham yaxşiroq bölgan. Ya’ni Spaletti şogirdlarini mavsumga yaxşi tayyorlaşiga gap yöq, lekin odatda mavsumning ikkinçi yarmida inqiroz boşlanişi kerak. Boşqa tarafdan, bizni yaqinda mundial bilan boğliq tanaffus ham kutib turibdi. Demak Spalettida yana bir marta mavsumoldi yiğin imkoniyati mavjud. Italiya mundialga çiqa olmagani, «Napoli»ning Osimhen, Kviça, Zelinski kabi yetakçilari ham mundialda iştirok etmasligini e’tiborga olsak, neapolliklarda nihoyat çempionlik uçun oxirigaça kuraşiş imkoniyati bor.
«Roma» safida Paulo Dibala maydonga tuşa olmaydi. Şuningdek, Zeki Çelikda ham jarohat bor. «Napoli»dagi sezilarli yöqotiş esa nigeriyalik yarimhimoyaçi Zambo-Angissaning jarohatidir. 26 yoşli futbolçi kamida ikki uçraşuvda yana şeriklariga yordam bera olmaydi.
BARSeLONA – ATLeTIK (23 oktyabr, 23:55)
Ispaniyada «Real» va «Barselona» bahsidan taşqari, «Atletik»ning ham uşbu jamoalarga qarşi öyinlarini El Klasiko deb ataşadi. Sababi, aynan mana şu uç jamoa ligalar taşkil etilganidan beri yuqori divizionni heç qaçon tark etişmagan. Bu safar turnir nuqtai nazaridan ham qiziqarli öyin – «Atletik» ança barqaror öyin namoyiş etib, kuçli törtlikka ança yaqin joylaşgan. Şuningdek, bilbaoliklar muhim pallalarda «Barselona»ni töxtatib qolişga ham usta. Töğri, La Liga doirasidagi aksariyat öyinlarda kataloniyaliklarning qöli baland kelgan, ammo sönggi yillarning özida «Atletik» uç marotaba «Barselona»ni kubok öyinlarida töxtatib qoldi, ya’ni uçta sovrindan quruq qoldirdi. Şu nuqtai nazardan ham «Atletik» «Barselona» uçun ayni paytda ança prinsipial raqib.
Foto: Getty Images
Mavsumni juda yaxşi boşlagan Xavi şogirdlarida sönggi oyda öziga nisbatan işonçsizlik muammosi paydo böldi. Avvaliga «Bavariya»dan mağlubiyat göyoki, foydalanilmagan imkoniyatlar bilan boğlanib, jamoa öyiniga yuqori baho berilgan bölsa-da, «Inter» bilan ikki uçraşuvda «Barselona» deyarli YeÇLda keyingi bosqiçni boy berib qöydi. «Real» esa barça jabhada raqibini mağlub etib, «Barselona»ga qattiq zarba berdi. Töğri, «Vilyareal»dek ança kuçli jamoa bilan öyindagi yirik ğalaba jamoani biroz öziga qaytargan bölişi kerak, lekin bu yerda ham bir jihat bor. Xavi «Vilyareal»ga qarşi öyinda mavsum boşidan beri sinab kelayotgan Dembele – Rafinya juftligidan voz keçib, Fati – Torresga murojaat qilgandi. Bu sönggi öyinlardagi muvaffaqiyatsizliklardan keyingi qarormi yoki şunçaki, rotatsiyami, keyinroq bilib olamiz, ammo aynan şu özgarişlardan keyin nihoyat «Barselona» ğalaba qozongani Xavi hali ham izlanayotganini bildiradi. Bu esa Xavining klubdagi e’tibori uçun u qadar yaxşi holat emas.
Mehmonlar tarkibida jarohatlar yöq, «Barselona»da esa hali ham himoyada yöqotişlar mavjud. Arauxo va Kristiansen yana kamida ikki hafta şeriklariga yordam bera olişmaydi. Şuningdek, Memfis Depay ham töliq tiklanib ulgurgani yöq.
Darvoqe, yana bir öziga xos intriga, Ernesto Valverde, «Barselona»ning sönggi çempionligida boşqargan murabbiy endi raqib sifatida «Kamp Nou»ga qaytadi. Bu Ernesto uçun ham «Barselona»ni tark etganidan keyingi ilk uçraşuv.