Samarqand viloyati IIB axborot xizmatining xabar berişiça, 2022 yil 20 oktabr kuni IIV ŞXBB Samarqand viloyati böyiça boşqarmasiga fuqaro ariza bilan murojaat qilib, maşinasini jarima maydonçasidan çiqarib beriş evaziga pul talab qilayotgan şaxsga nisbatan çora körişni söragan.
Uning arizasiga köra, 2022 yil 16 oktabr kuni soat 17:00 larda fuqaro spirtli içimlik iste’mol qilib, öziga tegişli bölgan “Nexia-3” maşinasini Samarqand şahar Rudakiy köçasida boşqarib borayotganida YPX inspektorlari uni töxtatib, alkotesterdan ötgazganda spirtli içimlik iste’mol qilgani aniqlangan. Şu sababli, YPX xodimlari unga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylaştirib, maşinani jarima maydonçasiga qöyişgan.

Şundan söng B. ismli şaxs unga viloyat IIB YHXBda işlovçi tanişlari orqali işini ijobiy hal qilib berişi mumkinligini, holat yuzasidan tuzilgan ma’muriy bayonnomani sudga yubormasdan haydovçilik guvohnomasini olib berib, maşinani jarima maydonçasidan çiqarib berişini aytgan. U «xizmat haqi»ga fuqarodan 1,6 ming dollar pul talab qilgan.
Mazkur ariza yuzasidan 2022 yil 20 oktyabr kuni IIV ŞXBB Samarqand viloyati böyiça boşqarmasi tezkor xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbir davomida, fuqaro Q.B. ariza muallifidan 1,6 ming dollarni olgan vaqtida uşlanib, hujjatlaştirilgan.
Qayd etilişiça, hozirda holat yuzasidan Samarqand viloyati IIB huzuridagi tergov boşqarmasi tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.












