Sirdaryo viloyati hokimligi va Özbekiston Soğliqni saqlaş vazirligi viloyat hududidagi portlaş oqibatlari böyiça ma’lumot berdi.
Viloyat hokimligi matbuot xizmati xabariga köra, Sirdaryo tumanidagi Mudofaa vazirligiga qaraşli omborda yakka tartibda portlaş sodir bölişi oqibatida hududga yaqin joylaşgan bir neçta aholi xonadonlari va dökonlarning oynalari singan, binolarning ayrim yengil konstruksiyalariga ham zarar yetgan.
Hodisa oqibatida halok bölganlar yöqligi, jabrlanganlarga birinçi tibbiy yordam körsatilgani ma’lum qilingan.
«Ayni vaqtda viloyat sektor rahbarlari va boşqa mutasaddi taşkilotlar mutaxassislari jalb qilingan holda harbiy qism atrofida joylaşgan mahallalar qamrab olinib, fuqarolar, tadbirkorlik sub’yektlari, korxona, muassasa va taşkilotlarga yetkazilgan zararni aniqlaş hamda ularni qisqa muddatlarda bartaraf etiş yuzasidan zarur çoralar körilmoqda», deyiladi xabarda.
SSV matbuot xizmati Sirdaryodagi portlaş hodisasi oqibatida 16 kişi jabrlangani, ularga zudlik bilan şoşilinç tibbiy yordam körsatilganini ma’lum qilgan.
«Sirdaryo viloyati, Sirdaryo tumani, Malik SIUda yuz bergan portlaş haqida soat 05:01 da tuman tez tibbiy yordam bölimiga xabar kelib tuşgan.
Şundan söng uşbu hodisa natijasida şikastlangan 16 nafar bemorning 12 nafari Sirdaryo tumani tibbiyot birlaşmasiga olib kelingan. Barça jarohat olganlarga zudlik bilan birinçi yordam körsatilgan.
Xususan, 5 nafar fuqaro Sirdaryo tuman tibbiyot birlaşmasining şoşilinç tibbiy yordam bölimida, 7 nafar bemorga esa ambulator yordam körsatildi. Şuningdek, 4 nafar bemor Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazining Sirdaryo filialida statsionar kuzatuvga olindi», deyiladi xabarda.
Jabrlanganlar orasida jiddiy jarohat olgan va oğir ahvoldagi bemorlar yöqligi, ayni paytda RŞTYoIM va uning Sirdaryo filialidan malakali şifokorlar Sirdaryo tuman tibbiyot birlaşmasiga safarbar qilingani aytilgan.
Soğliqni saqlaş vazirligi uşbu bemorlar holatini öz nazoratiga olgan.
Mudofaa vazirligi Sirdaryo viloyati Malik aholi punktidagi harbiy qism omborida sodir bölgan portlaş böyiça harbiy mutaxassislar tomonidan örganiş işlari olib borilayotganini ma’lum qildi.













