Liz Trass Buyuk Britaniya boş vazirligi lavozimini tark etgaç, uning örni uçun kuraş avj olmoqda. Hozirça faqat Jamoatlar palatasi rahbari Penni Mordont saylovga öz nomzodini qöyişi haqida e’lon qilgan. Lekin hali jim turgan bölişsa-da, sobiq boş vazir Boris Jonson va uning hukumatida moliya vaziri lavozimida işlagan Rişi Sunak asosiy favoritlar - ular saylovda qatnaşiş uçun zarur bölgan kamida 100 nafar deputat tomonidan qöllab-quvvatlanmoqda.

BBC hisob-kitoblariga köra, şanba kunining ikkinçi yarmiga kelib yozda Konservativ partiya va boş vazirlik uçun bölib ötgan saylovlarda Liz Trassning asosiy raqibi bölgan Sunakni Jamoat palatasida torilar partiyasidan 112 nafar deputat qöllab-quvvatlaşini bildirgan.

Sentyabr oyi boşida boş vazirlik lavozimini egallagan Trass ikki oy ötmasdan iste’foga çiqqanidan keyin yangi rahbarni saylaş uçun partiya bu safar yuqori ötiş çegarasini joriy etdi: Jamoatlar palatasida torilar fraksiyasining kamida 100 nafari tomonidan qöllab-quvvatlanayotgan nomzodgina saylovda iştirok etişi mumkin.

Konservatorlar partiyasi hozirda parlament quyi palatasida 357 mandatga ega bölgani tufayli, saylovda köpi bilan uç nafar nomzod iştirok etişi mumkin.

Dominikan Respublikasida oilasi bilan ta’til ötkazayotgan sobiq boş vazir Boris Jonson şanba kuni tongda Londonga uçib keldi. Guvohlarning sözlariga köra, Jonson boş vazir uçun taqdim etilgan qöriqçilar bilan kelgan bölsa-da, u ekonom-klassda uçgan. U qönişi bilan bayonot berişga şoşilmadi.

Penni Mordontni esa, BBC hisoblariga köra, hozirça 21 nafar deputat qöllab-quvvatlagan. Saylov jarayonida autsayder ekaniga qaramay, u saylovda iştirok etiş niyati haqida birinçi bölib e’lon qildi va u bu borada hozirça yagona bölib turibdi. U hatto partiyaning oddiy a’zolari uçun dastlabki saylovoldi rolikni namoyiş etdi - saylov jarayoni söngida aynan oddiy a’zolar partiya rahbari uçun ovoz berişadi.

Rişi Sunak ham öz uyi atrofida töplangan muxbirlarga hozirça heç narsa demadi. Ammo BBC manbalariga köra, u ham tez orada partiya yetakçiligi uçun nomzodini qöyiş niyatini e’lon qiladi.