Kazemirodan Ronaldu uslubida gol, «Real» Benzemasiz ham şou uyuştirdi. Kun öyinlari
|22:05 / 23.10.202240 14021 min
«Mançester Yunayted»ning «Çelsi»ga qarşi öyini yakuni yorqin tus oldi, Holand Angliyada gollar urişda davom etmoqda, Italiyada gollar yomğiri kuzatilgan öyin taqdirini Mxitaryan hal qildi. Şanba oqşomida Yevropa futbolida röy bergan asosiy voqealar.
«Mançester Yunayted» şusiz ham doim diqqat markazida turadi, sönggi kunlarda esa klub gazetalarning boş muqovalarini egalladi. Töğri, qiziqiş avj olişi «Tottenhem» ustidan qozonilgan ğalaba tufayli emas, Kriştianu Ronaldu atrofidagi yangi mojaro tufayli böldi. Portugaliyalik yulduz londonliklarga qarşi öyinning qöşimça daqiqalari boşlanganida «Old Trafford»ni tark etdi va aynan şu sönggi kunlardagi asosiy muhokama mavzusiga aylandi.
Erik ten Hag Ronaldu haqidagi savollarga javob berişdan çarçadi. Angliyada, ma’lumki, öyindan keyin murabbiylar bir neça naşrlar uçun eksklyuziv intervyu berişi majburiy, şu tufayli niderlandiyalik mutaxassis bitta fikrni turliça sözlarda ifodalab javob qaytarişiga töğri keldi.
Tabiiyki, «Çelsi» bilan öyin oldidan ham bu mavzu «qaynoq»ligiça qoldi. Qolaversa, bu vaqtga kelib tafsilotlar ma’lum bölib ulgurgandi: unga köra, Ronaldu sönggi daqiqalarda zaxiradan maydonga tuşişdan boş tortgan, natijada asosiy tarkib maşğulotlaridan çetlatilgan. Şu tufayli Kriştianu «Çelsi» bilan öyin qaydnomasiga ham kiritilmadi. Şu bilan birga, tosmonlar yaraşiş tarafdori ekanini körsatişdi. Ten Hag bu yulduzdan voz keçmoqçi emasligi va mavsum oxiriga qadar undan foydalanmoqçi ekanini aytdi, Ronaldu esa (yoki uning SMM-menejyeri) ijtimoiy tarmoqda jamoa bilan tuşgan suratini joyladi va şunday izoh qoldirdi: «Olğa, «Mançester Yunayted».
Potterning transformatsiyasi
Kriştianuga «MYu»siz oson böldi deyiş qiyin. Ammo translatsiya rejissyorlariga oson bölgani aniq: odatda ular har daqiqada zaxirada ötirgan Ronalduni körsatişardi, bu safar esa barça e’tibor maydonga qaratildi. Lekin öyini tomoşabop böldi deb bölmasdi — bu köp jihatdan murabbiylar tufayli.
Mavzuga oid
Ten Hag va Potter öz jamoalari boşqaruviga kelganiga köp bölmadi va ularning imzosi faqat sönggi öyinlardagina közga taşlana boşladi. «MYu» yuqori pressing, qisqa uzatmalar bilan öynaş va uzoqdan berilgan zarbalar evaziga «Tottenhem»ni taslim etdi. «Çelsi» esa sönggi vaqtlarda gol ötkazişdan töxtadi, jamoa Potter boşqaruvidagi «Brayton»da bölgani kabi işonçli himoyaga ega böldi.
«MYu»ga qarşi öyinda ham «Çelsi» heç qanday yangi narsa öylab ötirmadi — va 3-4-2-1 sxemasi tanlandi, Kukurelya bu mavsumda avval ham bölgani kabi himoya markazidan joy oldi. Ammo Potter birinçi bölim davomidayoq xato qilganini tuşunib yetdi va 36-daqiqaga kelib jarohat tufayli emas, taktik zarurat tufayli özgariş qilindi — Kukurelya örnini Kovaçiç egalladi, «Çelsi» esa 4-3-3 sxemasiga ötdi.
Kepaning seyvlari
Potter nega bunday qildi? Raqamlar yaxşiroq javob beradi. Bu şanbaga qadar «Çelsi» çempionatning barça bahslarida töpga egalik qilişda raqiblardan ustunlik qilgan va bu körsatkiç borasida ligada uçinçi jamoa bölgan. Bu öyinda esa öxşamadi: dastlabki yarim soatda «Yunayted»ning töpga egalik qiliş böyiça ustunligi 65 foizga yetdi. Va gap Potter kutilmaganda «Stemford Brij»da ikkinçi raqam ostida öynaşga qaror qilganida ham emas. «MYu» şunçaki maydon markazida son borasida raqibdan ustun edi va londonliklar yuqori pressing ostida qolişdi — «Çelsi» esa örta blokda öynadi va hujumga ötiş uçun önlab aniq paslar amalga oşirişga ulgurmadi. Potterdan maydon markaziga qöşimça futbolçi tuşiriş talab etilardi, şu bilan birga asosiy tarkib bilan sxemani qaytadan şakllantiriş imkonsiz edi. Şuning uçun Kukurelyani almaştirişga töğri keldi.
«Yunayted» futbolçilarining joylaşuvini aks ettiriş «Çelsi»ga öyinni tenglaştiriş imkonini berdi. Köklar bu vaqtga kelib hisobda ortda qolayotgan bölişi ham mumkin edi — Kepa bir neça bor Reşford gol urişiga yöl qöymadi. Ammo birinçi bölim oxirida mezbonlar özlarining xavfli vaziyatiga ega bölişdi, ammo Obameyang bu vaziyatni yöqqa çiqardi.
Varan ikkinçi bölimda maydonni közda yoş bilan tark etdi, u Qatardagi mundialdan qolib ketişi mumkin. Foto: AFP
Kutilmagan finiş
Potterning qayta qurişi öyin xarakterini ham özgartirdi. «Çelsi»da töpga egalik qiliş körsatkiçi yaxşilana boşladi, lekin ten Hag bunga tayyor edi. «MYu» yuqori pressingga urğu berişda davom etdi va pozitsion hujumlarda vaziyatlar yaratdi, «Çelsi» esa boşqa quroldan foydalanişga harakat qildi — standart vaziyatlar.
Avvaliga Çaloba burçak zarbasidan keyin boşi bilan hisobni oçişga yaqin keldi, öyin oxirlarida esa boşqa bir standart penalti belgilanişiga olib keldi: Broyya Maktominey bilan töp uçun kuraşda gazonga quladi, Jorjino esa 11-metrli jarima zarbasini aniq ijro etdi. Zarba oldidan Brunu Fernandeş de Xeaning quloğiga nimalarnidir tuşundirdi, ammo ispaniyalik posbonga bu yordam bermadi.
«MYu» 87-daqiqada — yangi taktika öylab topiş uçun vaqt qolmaganida gol ötkazib yubordi. «Yunayted» klassik tarzda butun tarkib bilan hujumga ötdi va tinimsiz uzatmalar va boş bilan zarbalar bera boşladi. Kazemiro bunday uslubda öynaşga odatlanmagan, ammo u umuman öziga xos bölmagan tarzda, Ronaldu uslubida gol urdi: uzatmaga baland sakradi va boş bilan töpni darvoza burçagiga joyladi. Kepa ham çiroyli sakradi, ammo töp darvoza tösini ostidan tuşib, bir neça millimetrga çiziqni kesib ötdi.
Yakunda durang hisob saqlanib qoldi. 85 daqiqa öyin golsiz tugaydigandek edi, ammo jamoalar muxlislarga qizğin endşpil namoyiş etib berildi.
«Liverpul»da safar öyinlari kompleksi, Holand yana gollar ura boşladi
«Liverpul» Nottingemga bir qator yetakçilarsiz keldi, jarohatlanib safdan çiqqan Diogu Jota, şuningdek Dias va Nunessiz. Lekin amalda öyinning birinçi yarmida bu autsayderga qayrşi öyinning umumiy xarakteriga ta’sir körsatmadi, lekin jamoa futbolçilari vaziyatlardan foydalanişda oqsadi. Fabiu Karvalyu bir neça metrdan turib darvozani aniq işğol etolmadi, burçak zarbasi ijro etilganida Roberto Firminoning zarbasi xato ketdi, keyin esa van Deyk darvoza yaqinida turgan holda zarba beriş örniga töpni şerigiga taşlab berişga qaror qildi.
Bu holatlar yana bir bor qizillarning begona maydondagi öyinlarini eslatdi, APLda jamoa bu mavsumda biror marta safar öyinida ğalaba qozona olmagan. Ikkinçi bölim boşida esa Avoniyi vaziyatni yanada murakkablaştirdi, u ustundan qaytgan töpga zarba berib, ikkinçi urinişda darvozani işğol etdi. Ammo bu vaziyatni tasodif sifatida baholaş mumkin bölgan bölsa, öyinning qolgan daqiqalarida «örmonçilar» ğalabaga haqli öynab, yana qator vaziyatlarga ega bölişdi.
Qöşimça daqiqalarda «Nottinghem»ning mavsumdagi ikkinçi ğalabasini Din Hendersonning aql bovar qilmas seyvi saqlab berdi, şunday ekan, «Liverpul»ning inqirozdan çiqişi haqida gapirişga hali erta. Yurgen Klopp jamoasi 11 turda uç bor mağlub böldi — bu ötgan mavsum davomidagi jami mağlubiyatlar sonidan köp.
Holand qariyb ikki hafta gol urmagandi, u avvaliga Çempionlar ligasida natijasi u qadar ahamiyatli bölmagan safar öyinida maydonga tuşirilmadi, keyin «Liverpul»ga qarşi öyinda uni zararsizlantirişdi, şunday ekan, «Brayton» norvegiyalik futbolçining yölidan çiqqan öljaga aylandi. VAR ning penalti bermaslik töğrisidagi qarori Erlingni ğazablantirdi — Edersonning uzoq masofaga töp taşlab berişidan keyin uni raqib darvozaboni yonidan olib ötdi va böş darvozani işğol etdi, unga qarşilik körsatmoqçi bölgan Uebsterni esa uçirib yubordi.
Holand baribir bölim oxirida penalti ijro etiş huquqiga ega böldi. Natijada u APLda 11 öyindagi 17-golini urdi. Taqqoslaş uçun, Keyn mavsum davomida şunça gol urgandi, öşanda faqat uç futbolçi undan yaxşiroq natija qayd etişgandi.
«Çaykalar» esa ikki kişining harakatlari tufayli ma’lum muddatga intrigani qaytarişdi — Trossar Edersonning yaqin burçagiga aniq zarba yöllab, hisobni qisqartirdi. Lekin braziliyalik darvozabon köp ötmay belgiyalik raqibdan revanş oldi - bundanda xavfli vaziyatda yakkama-yakka holatda berilgan zarbani tösib, darvoza daxlsizligini saqlab qoldi. Öyin taqdirini esa De Bryuynening öz uslubidagi goli bilan hal qildi. Futbolçining öyin arafasida köpçilikning muhokama markazida bölgan közi kökarişi uning nişon olişdagi mahoratiga ta’sir qilmagani ma’lum böldi.
«Santyago Bernabeu»ning yomğir ostidagi tribunalari muxlislar tomonidan kötarilgan plaşkalar (taxtaçalar) tufayli oltinrangga böyaldi. Bu ötgan mavsum qahramonlari şarafiga edi — Kurtua va Benzema. Darvozaga qaytgan belgiyalikka Lev Yaşin nomidagi mukofotni afsonaviy Iker Kasilyas topşirdi, bu öyinni ötkazib yuborişiga töğri kelgan fransuz hujumçisi esa «Oltin töp»ni bu mukofotni oldinroq yutib olgan Zinedin Zidan va Luka Modriçdan qabul qilib oldi.
Aynan xorvatiyalik futbolçi «Real» safidagi 450-uçraşuvida Benzemaning işini bajardi, u öyin debyutida Vinisius Juniorning darvozaning narigi burçagi tomon yöllagan uzatmasini darvoza töriga joyladi. Bu vaziyatda madridliklarni yengil öyin kutayotgandek edi, ammo Xorxe Sampaoli boşqaruvidagi «Sevilya» endilikda Xulen Lopetegining sönggi davridagi umidsiz jamoa emas. Jamoa sinib qolmadi, xuddi birinç golda Vinisiusga töpni topşirib qöygan Montiel kabi, u qöpol xatosini aynan Vinisius bilan töp uçun kuraşda ustun kelgan holda tuzatib, Lamelaga ajoyib pas berdi.
Ammo «Real»ni bu mavsumda töxtatadigan jamoa topilmayapti! Jamoa muvaffaqiyatsizliklarni sezmagandek ötib ketmoqda. Xuddi mehmonlarning argentinalik futbolçilari hujumlarini sezmagandek. 77-daqiqada Karlo Ançelotti uç nafar yangi futbolçini - Karvaxal örniga Vaskes, Mendi örniga Ryudiger, Modriç örniga Asensioni tuşirdi. Ikki daqiqa ötib namunali pressingdan keyin, Asensio kesuvçi pasi bilan çap qanotdan markazga yorib kirgan Vinisiusni töp bilan ta’minladi, braziliyalik futbolçi esa böş darvoza qarşisiga çiqib kelgan Lukas Vaskes gol urişini ta’minlab berdi. Bu namunali hujum «Sevilya»ga oğir jarohat yetkazgan böls, ikki daqiqa ötib Valverde tomonidan yöllangan aql bovar qilmas zarba jamoani butunlay öldirdi va andalusiyaliklar qatorasiga ön beşinçi bor poytaxtdan mağlubiyat bilan qaytadigan bölişdi.
Italiya: Berluskoni va Galliani uçun nostalgiya
Milan – Monsa 4:1
Gollar: 1:0 – 16 Braim Dias, 2:0 – 41 Braim Dias, 3:0 – 65 Origi, 3:1 – 70 Ranokkiya, 4:1 – 84 Rafael Leau. Milan – Teteruşanu, Dest (Kalulu, 46), Ker (Gabbiya, 60), Tomori, Ernandes, Bennaser, Braim Dias (de Ketelare, 53), Pobega, Rebiç (Rafael Leau, 60), Origi (Vranks, 78), Junior Messias. Monsa – Di Gregorio, Kaldirola (Karboni, 54), Mari, Antov, Karlos Augusto, Barberis (Ranokkiya, 46), Sensi (Bondo, 66), Pessina, Çurria, Kaprari (Gyutkyayer, 66), Mota (Petanya, 54).
«Monsa» «San-Siro»da mehmon — bu buyuk «Milan» ijodkorlari Silvio Berluskoni va Adriano Gallianining qadrdon makonga qaytişi bilan boğliq hayajonli tarixdir. Rossonerilar sobiq rahbarlari stadion VIP-lojasida xöjayinlardek körinmasa ham, mehmondek ham emasdi. Maydonda esa heç qanday mehmondorçilik haqida gap ketişi mumkin emasdi.
Oqşom qahramoni Braim Dias böldi. Ispaniyalikning birinçi goli — haqiqiy şedevr edi. U töpni maydon markazida egallab, darvoza hududiga qadar olib bordi va himoyaçi bilan kontaktdan keyin yiqilayotib, töpni darvozabon yonidan ötkazib darvoza töriga yölladi. Diasning keyingi zarbasi ham yaxşi çiqdi, öyin masalasini esa töpni «töqqizlik»ka yöllab, Milandagi gollar hisobini oçgan Origi hal qildi. Maydonni Rafael Leau ham samarali harakatsiz tark etmadi. «Milan» Çempionlar ligasi öyiniga a’lo kayfiyatda yöl oladigan böldi.
«Inter» öyinni kuçli boşladi va vaqt ötgan sayin kuçayib bordi, Barella esa birinçi xavfli hujumdayoq Lautaro Martinesning uzatmasidan hisobni oçdi. Köp ötmay argentinalik hujumçining özi maydon markazi böylab yuriş qilib, hisobdagi ustunlikni oşirdi, ammo Dimarkoning jonbozlik körsatişga urinişi milanliklar idilliyasini yöqqa çiqardi. U raqibga xalal berişda oşirib yubordi, belgilangan penaltini esa Artur Kabral aniq ijro etdi.
«Inter» kuç tejab öynayotgani va muvaffaqiyat rivojlantirilişi vaqt masalasidek edi, ammo bu aldamçi tasavvur bölib çiqdi. Tanaffusdan keyin «fialka» tezkor qarşi hujumda muvaffaqiyat qozondi, Onana Ikonening kuçli zarbasi qarşisida ojiz qoldi. Barella esa hisob teng vaziyatda qulay imkoniyatdan foydalana olmadi.
Şu hisob ham öyin şiddatini aks ettirayotgandi, ammo bu hali kunning eng aql bovar qilmas öyini deboçasi edi. «Fiorentina»ni Martines özi işlagan penaltini aniq amalga oşirişi ham sindira olmadi. Avgust oyi oxiridan buyon A seriyada gol urmayotgan Yoviç hisobni tenglaştirib, jamoasi xaloskoriga aylangandek edi. Ammo serbiyalik hujumçining 90-daqiqada akrobatik uslubda yöllagan zarbasi uçraşuvdagi sönggi gol bölib qola olmadi. Öyinga qöşib berilgan daqiqalarda Mxitaryan «Inter» safidagi uzoq kutilgan ilk golini urdi.
«Hoffenhaym» qatorasiga ikki öyinda yirik hisobda ğalabalarga erişib, kiçik inqirozni yengib ötgan va yetakçilar guruhiga qaytgandi. Ammo bu «Bavariya»ga qarşi öyinda muvaffaqiyat uçun yetarli bölmadi. Myunxenliklar darhol taşabbusni qölga olişdi, Musiala burçak zarbasidan keyin hisobni oçdi, köp ötmay Şupo-Moting qatorasiga uçinçi öyinda öz nomini tabloga yozdirib qöydi. Yulian Nagelsmann Myullersiz va Maneni zaxirada qoldirib ham safarda osonlik bilan ğalabaga erişdi. «Bavariya» hamon birinçi öringa qaytmagan, yakşanba kuni «Union» Bohumda ğalaba qozonsa, çempion bilan oradagi farqni yana tört oçkoga yetkazadi.
«Borussiya» debyutdayoq «Ştutgart» mudofaasini yakson etdi, ikki golda ham himoyaçi Zyule iştirok etdi. Avvaliga u qanotdan töpni Bellingemga zarba beriş uçun taşlab berdi, keyin esa Rafael Gerreyruning jarima zarbasidan bergan pasini darvoza töriga joyladi. Şundan keyin yaqinda boş murabbiy özgarganidan özini yöqotib qöygandek köringan mehmonlar öynaşni yiğiştirişdi — maydonda final huştagi çalinguniga qadar faqat bir jamoa hukmronlik qildi. Ayniqsa Bellingem özining yorqin öyinlaridan birini ötkazdi, u bundesliga öyinlarida mavsum boşidan buyon gol urmagandi, endi esa bir mavsumda barça turnirlarda urilgan gollar soni böyiça (8) öz rekordini yangiladi.
Kun statistikasi
«Valyadolid» hujumçisi Serxio Leon sönggi 5 öyinda 5 gol urdi. U La ligada bungaça «Levante» va «Betis» safida şunça gol uriş uçun 79 öyin ötkazgandi.
«Spetsiya» mavsum boşidan buyon 6 ta safar öyinida bitta ham gol urmasdan yutqazdi. A seriyada 1939/40 yilgi mavsumdan buyon ilk bor şunday holat kuzatilmoqda, bunday noxuş seriya qayd etgan sönggi jamoa «Napoli» bölgandi.
«Lion» hujumçisi Lyakazett öyinlarda 90-daqiqadan keyin 12 bor gol urgan. Bu liga 1 çempionatida XXI asrdagi eng yaxşi körsatkiç.
«Ayaks» yarimhimoyaçisi Berghays 32 bor jarima maydoni taşqarisidan gol urgan. U bu borada Niderlandiya çempionatida 2000 yildan keyingi davrda amsterdamliklarning sobiq futbolçisi Ziyoşning natijasini yaxşiladi.
Bundesligada «Frayburg» hujumçisi Grifo 39 gol urdi. U turnir tarixidagi eng yaxşi italiyaliklar töpurarlar röyxatida Luka Tonidan özib ketdi.
«Mançester Siti» APLda Xosep Gvardiola boşqaruvida 600-golini urdi. Bungaça bir jamoa boşqaruvida bunday natijani faqat Aleks Fergyuson va Arsen Venger qayd etişgan.
«Çelsi» darvozaboni Kepaning «quruq» seriyasi 623 daqiqa davom etdi.