Ximera – qadimgi yunon mifologiyasida boşi va böyni şerniki, tanasi eçki, dumi ilon şaklida bölgan olov purkaguvçi yirtqiç hayvon. Hozirgi vaqtda fanda kutilmagan natijalarga olib kelgan tajribalar mahsuli köçma ma’noda şunday nomlanadi. 

Boston universiteti olimlari koronavirusning ikkita ştammi asosida tadqiqot-tajriba ötkazişga qaror qilişdi.

Ular 2019 yil oxirida paydo bölgan birinçi «Uhan» ştammi va nisbatan yangi, dunyo böylab tez tarqalişi, tez yuqişi, hatto emlangan va yaqinda kasal bölgan odamlarga ham yuqişi bilan maşhur bölgan «omikron» ştammi asosida tajriba ötkazişdi.

Olimlar nima qilişdi?

Tadqiqotçilar «omikron»ning tikansimon S-oqsilini dastlabki «Uhan» ştammi bilan birlaştirişdi. Bu oqsil noyob tuzilma bölib, inson hujayralari bilan boğlaniş va içiga kirib oliş xususiyatiga ega. Aynan «omikron» mutatsiyasida oldingi ştammlarning «izlari» töplangan, şu sababli u juda yuqumli va bardoşlidir.

Muhim tafsilot: koronavirusning dastlabki «Uhan» varianti siçqonlarda yuqori darajada ölim xavfini yuzaga keltirgan, «omikron» esa kasallikning yengil belgilarini yuzaga çiqargan.

Boston universitetining yangi yuqumli kasalliklar milliy laboratoriyasi Qöşma Ştatlarda bioxavfsizlik böyiça törtinçi darajaga ega 13 ta muassasaning biri hisoblanadi. Bunday laboratoriyalarda öta xavfli tadqiqotlarni, jumladan, öta yuqumli bölgan Covid va Ebola viruslari ustida tajriba ötkaziş mumkin.

Ştammlar aralaşmasi kutilmagan va xavfli bölib çiqdi. Buni laboratoriya siçqonlarida ötkazilgan tajriba tasdiqladi. Olimlar barça kemiruvçilarga yangi mutantni yuqtirişdi. Natija hayratlanarli böldi: kasallik siçqonlarda oğir keçib, ularning 80 foizi ölib qoldi.

Foto: Shutterstock

Tadqiqotçilar tanqid ostida qoldi. Yangi mutatsiyani yaratiş nimaga kerak? Axir, virus şundoğam mutatsiyaga uçramoqda, dunyo bir neça yildan beri unga qarşi kuraşişga harakat qilmoqda.

«Pandemiya Uhandagi laboratoriyada yaratilgan virusning taşqariga «sizib çiqqani» oqibatida yuzaga kelgan degan farazlar bor. Buning ehtimoli katta ekani inobatga olinsa, bunday tajribani ötkaziş soğlom aqlga ziddir», dedi Şarqiy Angliyadagi Britaniya universiteti mikrobiologiya professori Devid Livermor.