Superliganing sönggi turida Buenos-Ayres jamoasi «Independente» bilan durang öynadi – 2:2. Turnir yakuniga köra, «Boka» 27 bahsda 52 oçko jamğarib, 1-örinni egalladi. 

2-poğonani 50 oçko bilan «Racing» egallagan bölsa, «River Pleyt» 47 oçko bilan uçinçi böldi. Uşbu ikki jamoa örtasidagi sönggi tur öyinida 2:1 hisobida «River» ğalaba qozondi.

Bellaşuvning 90-daqiqasida — hisob 1:1 bölayotganida «Rasing» yarimhimoyaçisi Xonatan Galvan penaltini golga aylantira olmadi — darvozabon zarbani qaytardi. 95-daqiqada esa «River Pleyt» hujumçisi Migel Borxa ğalaba töpini kiritdi. Agar «Racing» penaltidan foydalanib ğalaba qozonganida, turnir jadvalida «Boka»ni ortda qoldirib, çempion bölardi.

Şu tariqa «Boka Xuniors» 29-bor mamlakat çempioniga aylandi. Bu borada rekord «River Pleyt»ga tegişli — 36.