«Rossiyaning Ukraina göyoki bombadan foydalanişni rejalaştirayotgani haqidagi yolğonlari bema’nilik bilan bir qatorda, xavfli hamdir. Birinçidan, Ukraina yadro qurollarini tarqatmaslik töğrisidagi şartnoma iştirokçisi hisoblanadi va unga sodiqdir: bizda «bombalar» yöq. Ikkinçidan, ruslar köpinça özlari rejalaştirgan narsada boşqalarni ayblaydilar», deb yozadi Kuleba.
Bundan oldin Ukraina taşqi işlar vaziri Dmitro Kuleba Isroildan havo hujumidan mudofaa tizimlarini yetkazib berişni söraş niyatida ekanligini ma’lum qilgan edi.
«Eron Isroil uçun qizil çiziqdir va Eron Ukrainaga qarşi tajovuz jinoyatiga bevosita şerik bölganidan söng, menimça, Isroilda Ukrainaga yordam beriş yoki yordam bermaslik borasida şubhasi bölgan heç kim qolmaydi. Bu şubhalarni yöqqa çiqariş kerak», dedi u brifingda.
Ukraina rasmiylari Rossiyani sönggi haftalarda Eronda işlab çiqarilgan Shahed-136 dronlaridan foydalangan holda Ukraina energetika infratuzilmasini öqqa tutişda ayblamoqda.
Kiyevga köra, sönggi bir neça kun içida Rossiya hujumlari oqibatida 70 dan ortiq odam halok bölgan. Eron Rossiyaga özining dronlari yetkazib berilayotganini rad etdi, Rossiya esa bu ma’lumotga izoh bermayapti.













