Prezident Şavkat Mirziyoyev 13 dekabr kuni «Toşşahartransxizmat» aksiyadorlik jamiyati tizimidagi 18-avtobus saroyida böldi.
«Jamoat transporti tizimi rivojlangani şahar hayotining eng muhim jihatlaridan biri. Lekin Toşkent şahrida bu soha hozirgi özgarişlardan orqada qolmoqda. Xususan, sönggi yillarda köplab turar joylar qurildi, aholi soni oşdi, şahar hududi ham kengaydi. Poytaxtimizda kuniga 1 million 300 ming yölovçi jamoat transportidan foydalanmoqda.
Bu talabga javob beriş uçun «Toşşahartransxizmat» tizimida avtobuslar yetişmayapti. Borlarining ham köpi eskirgan. Şu sababli yönalişlarga rejaga nisbatan 90-100 ta avtobus kam çiqmoqda. Köçalarda jamoat transporti ustuvorligi yölga qöyilmagan. Bularning oqibatida yölovçilar avtobuslarni 20-30 daqiqagaça kutişiga töğri kelmoqda.
Davlatimiz rahbari bu holatni keskin tanqid qilib, ayniqsa, hozirgidek sovuq kunlarda bunga umuman yöl qöyib bölmasligini ta’kidladi. Şu bois kuçaytirilgan tartibda işlab, eng oğir yönalişlarga qisqa muddatda qöşimça avtobuslar qöyiş böyiça topşiriq berdi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Buning uçun xususiy korxonalar avtobuslari ham jalb etiladi. Ularga xarajatlarining bir qismini qoplaş uçun davlat tomonidan subsidiya beriladi. Yöl harakati xavfsizligi xodimlari avtobuslar qatnoviga qöşimça qulayliklar yaratadi.
Qatnovlar tezkorligi va xizmat sifatini ta’minlaş, haydovçilarning oylik maoşlarini oşiriş böyiça ham körsatma berildi.

Şu yerda Toşkent şahrida jamoat transportini rivojlantiriş masalalari böyiça taqdimot ötkazildi. Qayd etilganidek, bu yil 277 ta avtobus va elektrobus xarid qilinib, qatnovga qöyildi. Avtobuslar harakati va tölovlar tizimi raqamlaştirildi.
Bugungi kunda «Toşşahartransxizmat» tizimida 142 ta yönaliş bor. Yölovçilar oqimining köpayiş prognozidan kelib çiqib, jamoat transportining 167 ta yönalişdan iborat yangi tarmoği şakllantirilgan. Bu yönalişlarni ta’minlaş va Toşkent şahrida jamoat transportiga bölgan talabni töliq qondiriş uçun yana 1000 ta katta siğimli avtobus zarur. Bu orqali avtobuslarning oraliq intervalini 7-10 daqiqagaça qisqartiriş mumkin.



















