Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati Rasul Kuşerbayev öz mandatini topşirmoqçi.
«Deputatlik faoliyatimni yakunlaşga qaror qildim. Bunday işlay olmas ekanman. Bunga majbur bölganimdan afsusdaman.
Işonç bildirgan, qöllab-quvvatlagan barçaga rahmat! Rozing bölinglar! Nasib qilsa qolganini vaqt körsatadi. Alloh madadkor bölsin!» - deb yozgan deputat telegram-kanalida.
Şuningdek, u tvitterdagi sahifasida Qonunçilik palatasi spikeri örinbosari Uluğbek Inoyatov unga budjet loyihasi muhokamalarida oçiqçasiga söz bermaganini ma’lum qilgan.
«Bu safargi budjet muhokamalarida iştirok etmadim. Katta hajmdagi loyihani öqişga ham yetarli vaqt berilmadi. 1-öqişda yalpi majlisda söz sörasam, "zamspiker" Uluğbek Inoyatov oçiqçasiga söz bermadi. Söng majlisdan çiqib ketdim va kirmadim.
Deputatlarning oğzini yopadigan "zamlar"ning boridan yöği yaxşi», - deydi Kuşerbayev.












