Markaziy Saylov komissiyasi Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati Rasul Kuşerbayevning vakolatlarini muddatdan oldin tugatiş masalasini körib çiqdi. Komissiya a’zolari bir ovozdan uning mandatini tugatişni qöllab-quvvatladi.

Avvalroq, Rasul Kuşerbayev öz Telegram-kanalida mandatini topşirmoqçi ekani haqida yozgandi.

«Deputatlik faoliyatimni yakunlaşga qaror qildim. Bunday işlay olmas ekanman. Bunga majbur bölganimdan afsusdaman. Işonç bildirgan, qöllab-quvvatlagan barçaga rahmat! Rozing bölinglar! Nasib qilsa qolganini vaqt körsatadi. Alloh madadkor bölsin!» - degandi deputat.

Rasul Kuşerbayevning bunday qarorga kelişiga Qonunçilik palatasi spikeri örinbosari Uluğbek Inoyatov unga budjet loyihasi muhokamalarida oçiqçasiga söz bermagani sabab bölgan bölişi mumkin.