“Kvars” AJ ustav kapitalidagi 89,78 foiz davlat aksiyalar paketi 265 mlrd sömga “Quvasoysement” AJga sotildi. Bu haqda Davlat aktivlarini boşqariş agentligi xabar berdi.

Qayd etilişiça, ötkazilgan tenderda investorlardan “Kvars” AJni sotib oliş böyiça 3ta ariza kelib tuşgan. Xususiylaştiriş böyiça konsultant – Deloitte, huquqiy kömakçi – Dentons.

“Davaktiv” xabarida qayd etilişiça, 2018-2021 yillarda 47,2 mln yevro miqdoridagi bank kreditlari hisobiga “Kvars” AJda investitsiya loyihasi amalga oşirilgan. Loyihani amalga oşiriş doirasida jalb etilgan kredit mablağlari 2026 yil yakuniga qadar söndirilişi belgilangan bölib, xaridor uşbu aksiyalar paketini sotib oliş kelişuvi şartlarida jamiyatni kredit majburiyatlari bilan qabul qilgan.

Korxona va taşkilotlarning yagona davlat reyestriga köra, xaridor “Quvasoysement” AJning qariyb 90 foiz uluşiga Kiprda röyxatdan ötgan “Raybird limited”, “Rayblock limited” hamda “Rayeross limited” kompaniyalari egalik qiladi. Joriy ustav fondi – 606 mlrd söm. Rahbari sifatida Nikitin Denis Pavloviç körsatilgan.