Toşkentda 10 fevraldan boşlab Qöyliqdan qatnovçi bir qança avtobus va yönalişli taksilar qatnovi Food city savdo majmuasigaça uzaytirildi.

Bunga Farğona yöli köçasini Bektemir şossesi bilan boğlovçi yöl ötkazgiç qurilişi va yöl-ta’mirlaş işlari olib borilayotgani sabab ekani aytildi.

Natijada 5 ta avtobus va 10 ta yönalişli taksida jamoat transportining yöli salkam 6 kmga uzayib, savdo majmuasining avtoşohbekatigaça bormoqda.

Qöyliq dehqon bozori va Food city oraliğidagi masofa Google map orqali hisoblangan.

Bu – Bektemir tumanida yaşovçilar uçun noqulayliklar tuğdirayotgani aytilmoqda. Facebook'dagi “Potrebitel.uz” kanaliga joylangan post egasining aytişiça, odamlar işga boriş uçun avtobuslarni 1 soatgaça ham kutişmoqda.

“Bektemir tumani hokimiga piyodalar yölaklari, yöllar uçun katta rahmat aytmoqçiman, şuningdek, barça transportlarni Qöyliqdan Food city'gacha olib borganlari uçun ham alohida taşakkur. Endi işga boriş uçun mikroavtobus yoki avtobusni bir soat kutişga töğri kelyapti. 1 soat kutgan bölsang, ana endi unga çiqişga urin.

Piyodalar yölaklari alohida masala, ular şunçaki olib taşlandi va hozir undan armatura çiqib turadigan va har yomğirda suv bilan töladigan çuqurlik qolgan. Hokim gavjum transportda, şunday piyodalar yölaklarida yurişini, qöşimçasiga ustiga avtomobillar suv saçratib ketişini istardim”, – degan u.

Facebookʼdagi “Potrebitel.uz” kanalidan olingan skrinşot

“Qöyliq-1, 4 dahalaridan bizga eng kerakli bölgan 93-yönalişli taksi olib taşlandi. Hammasi “Jrat Siti”ga olib borildi…” – deb yozadi yana bir foydalanuvçi.