Iqtisodiyot va moliya vazirligi davlat budjeti daromadlarining 2022 yildagi ijrosi böyiça dastlabki natijalarini e’lon qildi.  

Vazirlik relizida 2020-2022 yillarda budjet va nobudjet taşkilotlari kesimida iş haqi darajasi dinamikasi haqidagi raqamlar ham aks etgan.  

Ma’lumotlarga köra, budjet va nobudjet taşkilotlarda 5 018 032 nafar xodim işlaydi. 2021 yilda bu miqdor 4 802 617 nafar bölgan.  

2022 yilda 28 foiz – 1 404 377 mln nafar xodim 1 mln sömgaça maoş olgan. Raqamlar 1 mln sömgaça iş haqi oladiganlar ötgan yilga qaraganda 3,4 foizga kamayganini körsatmoqda – 2021 yilda 1 058 101 mln xodim şunça maoş evaziga işlagan.

 

1,4 mln söm oylik oluvçilarning katta qismi nobudjet taşkilotlarida işlaydi – 1 mln nafar.  

2022 yilda 1 mln sömdan 2 mln sömgaça oylik oluvçilar soni 1,2 mln nafarni (24,6 foiz) taşkil qilgan. Ötgan yilga qaraganda 1 mln sömdan 2 mln sömgaça haq oluvçilar sonida sezilarli özgariş bölmagan.  

Şuningdek, 25,2 foiz xodim 2 mln sömdan 4 mln sömgaça maoş oladi. 2022 yilda 2-4 mln söm haq oluvçilar budjet taşkilotlarida 655 ming nafar, nobudjet taşkilotlarida esa 608 ming nafar bölgan.  

Ahamiyatlisi şundaki, raqamlar Özbekistondagi xodimlarning asosiy qismi – 77,8 foizi 4 mln sömgaça maoş olişini körsatmoqda.  

Bundan taşqari, 467 233 nafar xodim 4,5-5 mln söm haq oladi. Ularning soni ötgan yilga nisbatan 1,3 foizga ösgan.  

5,5 va undan yuqori maoş oluvçilar 12 foiz – 649 255 nafarni taşkil qilmoqda. Yuqori haq evaziga işlovçi xodimlar soni 2021 yilga qaraganda 1,5 foizga ösgan. 

Vazirlikning ma’lum qilişiça, 2022 yilda mehnatga haq tölaş fondi 156,9 trln sömga yetib, 2021 yilga nisbatan 30,7 trln sömga yoki 25 foizga oşgan. 

Avvalroq, 2022 yil yakunlariga köra, Özbekistondagi örtaça oylik nominal iş haqi 3 mln 892 ming sömni taşkil etgani ma’lum qilingandi