Yangilanayotgan Konstitutsiyaga alohida modda kiritilib, unda pedagoglarning huquqlari mustahkamlab qöyilmoqda.
Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning 52-moddasiga köra, öqituvçining mehnati jamiyat va davlatni rivojlantiriş, soğlom, barkamol avlodni şakllantiriş hamda tarbiyalaş, xalqning ma’naviy va madaniy salohiyatini saqlaş hamda boyitişning asosi sifatida e’tirof etiladi. Davlat öqituvçilarning şa’ni va qadr-qimmatini himoya qiliş, ularning ijtimoiy va moddiy farovonligi, kasbiy jihatdan ösişi töğrisida ğamxörlik qiladi.
Amaldagi Konstitutsiyada öqituvçilar uçun alohida modda yöq edi. Faqatgina 41-moddada har kim bilim oliş huquqiga ega ekanligi, bepul umumiy ta’lim oliş davlat tomonidan kafolatlanişi, maktab işlari davlat nazoratida bölişi belgilab ötilgan.
Mazkur yangi norma yaqin yillargaça majburiy mehnat tufayli dalada qora işçi, köçada tozalikbon bölib kelgan öqituvçilarning jamiyatdagi mavqeyini mustahkamlaşga xizmat qiladi. Oddiy aytganda, endilikda öqituvçi qadr topadi, peşonasiga oftob tegadi.

















