Yogurtlarda karmin moddasi borligi, şu bois ular harom ekani haqidagi videosi ortidan 8 aprel kuni sud tomonidan 15 sutkaga qamalgan Activist loyihasi muallifi Hojiakbar Nosirov ma’muriy qamoq jazosini ötab çiqqanidan söng ilk marta jamoatçilikka köriniş berdi.
Bloger 23 aprelda ozodlikka çiqqan bölsa-da, faoliyatini davom ettirmayotgan, bu esa ijtimoiy tarmoqlarda unga nisbatan jinoyat işi oçilgani va u vafot etgani haqida turli miş-mişlar tarqalişiga sabab bölgandi.
Özbekiston boş prokurorining matbuot kotibi Hayot Şamsuddinov Kun.uz söroviga javoban uşbu miş-mişlar yolğon ekanini ma’lum qilgandi.
Hojiakbar Nosirov 11 may kuni Instagram’dagi sahifasiga joylagan videomurojaati orqali 15 sutkaga qamalganidan beri jamoatçilikka ilk marta köriniş berdi. Videoda bloger özini qöllab-quvvatlaganlarga minnatdorçiligini bildirgan.
“Menda hammasi yaxşi, ozodlikdaman. Köp Telegram-kanallarda yozişayotganidek, ölib ketganim yöq yoki firibgarlik, tovlamaçilik bilan ham ustimdan jinoiy işlar oçilgani yöq.
Çiqqanim haqida gapirmay turganimning sababi bor, albatta, uzrli sabab. Şuning uçun töğri tuşunasizlar degan umiddaman.
Bölgan voqea böyiça fikr bildiradigan bölsam, bilasizlar, men nima bölsa ham yaxşilikka deyman. Bundayam bir hikmat bordir.
Meni qöllab-quvvatlab video olganlarni, izohlar yozganlarni, umuman, moddiy-ma’naviy qöllab-quvvatlaşga harakat qilganlarni kördim, hammaga rahmat. Töğrisi, judayam xursand böldim», — deydi bloger.









