Savdo qoidalariga rioya etilişini nazorat qilib, bu boradagi videolari bilan tanilgan, YouTube'da 500 mingdan ortiq obunaçiga ega ACTIVIST loyihasi muallifi Hojiakbar Nosirov 15 sutka ma’muriy qamoq jazosiga tortildi.

U 5 aprel kuni loyihaning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga joylangan videoda kamida 6 xil brendga tegişli yogurt mahsulotlari harom ekani, çunki tarkibida rang beriş uçun işlatiladigan karmin (Ye-120) moddasi borligini aytgan.

8 aprel kuni loyihaning Telegram-kanalida Hojiakbar Nosirov şu video uçun 15 sutkaga qamalgani ma’lum qilindi. Postda Şayxontohur tumani IIB xodimlari “bosim ostida” material töplaşgani, sud jarayoni “bor-yöği 3 daqiqa” davom etgani aytiladi.

“Yurtimizda konstitutsiyaviy özgarişlar olib borilayotgan, söz erkinligi ta’minlanişi nazarda tutilayotgan gap-söz va’dalar qayerda? Biz uşbu holat yuzidan tegişli organlardan munosabat kutamiz. Hojiakbar işlatgan aynan qaysi söz yoki kontent diniy ekstremizmga aloqador ekanini isbotlab berişlarini söraymiz”, – deyiladi postda.

Loyihaning kanalida, şuningdek, Hojiakbar Nosirovning içki işlarga çaqirilişidan oldin yozib olingan videosi ham joylandi. “Agar bu videoni körayotgan bölsangiz, men sizlarning va prezidentimizning kömagiga işonaman”, – degan u murojaatda.

Toşkent şahar IIBB bayonotiga köra, 26 yoşli bloger yogurtlar tarkibida karmin moddasi mavjudligi sababli ularni iste’mol qiliş mumkin emasligi haqidagi fikrlarini “tegişli soha mutaxassislaridan xulosa olmagan holda” bildirgan.

“Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyaning 25-moddasiga asosan, har kim erkinlik va şaxsiy daxlsizlik, şuningdek 27-moddasiga binoan, şaxsiy hayotiga aralaşişdan himoyalaniş huquqiga ega. Özbekiston fuqarolarining yuqoridagi kafolatlariga monelik qiliş mumkin emas. Ayniqsa, alohida şaxslarning öz taşabbusi orqali turli masalalarga diniy tus beriş orqali özgalarning şaxsiy hayotga aralaşişiga yöl qöyilmaydi.