Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
G7 Kiyevni «qancha kerak bo‘lsa, shuncha vaqt» qo‘llab-quvvatlashga va’da berdi
G7 yetakchilari yakshanba kuni prezident Zelenskiy ishtirok etadigan sammitda Ukrainani so‘zsiz qo‘llab-quvvatlashga va’da berdi.

Foto: Reuters
«Katta yettilik» davlatlari yetakchilari Ukrainani Rossiya agressiyasini qaytarishda «qancha kerak bo‘lsa, shuncha vaqt» qo‘llab-quvvatlashiga ishontirdi. Bu haqda 29 may, shanba kuni e’lon qilingan «Katta yettilik» sammitining Xiroshimadagi kommyunikesida aytiladi.
«Biz yana bir bor Rossiyaning Ukrainaga qarshi tajovuzkor urushini keskin qoralaymiz. Ukrainani keng qamrovli, adolatli va mustahkam tinchlikka erishish uchun qancha kerak bo‘lsa, shuncha vaqt uni sobit qo‘llab-quvvatlashimizni yana bir bor tasdiqlaymiz», deyiladi hujjatda.
Bundan tashqari, «Katta yettilik» Ukrainaga diplomatik, moliyaviy, humanitar va harbiy yordamni kuchaytirish, shuningdek, Rossiyaga yordam berganlar uchun «narxlar»ni oshirish tarafdori ekanliklarini bildirdi. Shu bilan birga, «Katta yettilik» davlatlari yetakchilari Rossiya urushni to‘xtatib, Ukrainadan qo‘shinlarini olib chiqib ketishi uchun Xitoyni Moskvaga bosim o‘tkazishga chaqirdi. «Biz Xitoyni hududiy yaxlitlikka, BMT Nizomi tamoyillari va maqsadlariga, jumladan, Ukraina bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotga asoslangan keng qamrovli, adolatli va mustahkam tinchlikni qo‘llab-quvvatlashga chaqiramiz», — deyiladi hujjatda.
Xiroshimadagi G7 yetakchilari sammitining yakuniy kuni arafasida prezident Zelenskiy Yaponiyaga uchib bordi. 21 may, yakshanba kuni u amaliy uchrashuvlarda ishtirok etadi, deb yozadi Reuters.
Ukraina rahbari G7 yetakchilari bilan hafta boshida e’lon qilingan «qiruvchi samolyotlar koalitsiyasi»ni tuzish masalasini ham muhokama qilishi kutilmoqda. Buyuk Britaniya va Niderlandiya Ukraina uchun AQShda ishlab chiqarilgan F-16 qiruvchi samolyotlarini sotib olishga va uchuvchilarni o‘qitishga kelishib olganliklarini bildirdi. OAV xabarlariga ko‘ra, mashg‘ulotlar Yevropada bo‘lib o‘tadi, yaqin haftalarda boshlanadi va bir necha oy davom etadi.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh Isroil - HAMAS muzokaralaridan chiqdi
Jahon | 00:46
-
Sun’iy intellekt olimlarga Qadimgi Rim tarixidagi bo‘shliqlarni to‘ldirishga yordam beradi
Fan-texnika | 23:45 / 24.07.2025
-
Zalujniy Rossiyaga qarshi urush 2034 yilgacha davom etishini bashorat qildi
Jahon | 22:53 / 24.07.2025
-
Toshkentda voleybol bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida jahon chempionati boshlandi
Sport | 22:49 / 24.07.2025
Mavzuga oid

13:05 / 21.07.2025
Rossiya yana Kiyevni raketa va dronlar bilan o‘qqa tutdi – fotosuratlar

11:41 / 09.07.2025
Lutsk va Kiyev viloyati dronlar hujumiga uchradi

12:30 / 30.06.2025
G7 AQSh biznesini global soliqdan ozod qilishga rozi bo‘ldi

13:17 / 28.06.2025