16:43 / 20.05.2023
14390

Ukraina qurolli kuchlari: Rossiya maxsus kuchlarini Baxmutga to‘plamoqda

Foto: AP

Baxmut Rossiyaning asosiy maqsadi bo‘lib qolmoqda. Hozir u havo-desant qo‘shinlari, moto-o‘qchilar va maxsus bo‘linmalarni u yerga to‘plamoqda. Bu haqda telemarafon efirida Ukraina Qurolli kuchlari kuchlarining Sharqiy guruhi spikeri Sergey Cherevatiy aytdi

Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina qo‘shinlari Rossiya kuchlarining hujumlarini ushlab turishda davom etmoqda, Baxmut esa janglar markazi bo‘lib qolmoqda. 

Cherevatiyning so‘zlariga ko‘ra, kun davomida Baxmut yo‘nalishida 17 ta to‘qnashuv sodir bo‘lib, rossiyaliklar 92 kishini yo‘qotgan. Yana 156 nafar rossiyalik yaralangan. 

Shu bilan birga, Ukraina harbiylari Baxmut hududida Rossiyaning bir nechta texnikasini, 13 ta o‘q-dori omborini yo‘q qildi va 5 ta dronni urib tushirdi, deya ta’kidladi Ukraina Qurolli kuchlari Sharqiy guruhi spikeri. 

Urushni o‘rganish bo‘yicha Amerika instituti (ISW) hisobotiga ko‘ra, 18 may kuni Ukraina qo‘shinlari qarshi hujum operatsiyalari davomida Baxmut hududida taktik tashabbusni qo‘lga oldi va taktik jihatdan muhim muvaffaqiyatlarga erishdi. 

Bu amaliyotlar, ta’kidlanganidek, Ukraina kuchlari bir necha kundan beri olib borayotgan mahalliy qarshi hujumlarning davomi bo‘lib, yangi yirik operatsiya boshlanishini aks ettirmaydi. 

ISW tahlilchilari, shuningdek, «Vagner» XHK asoschisi Yevgeniy Prigojinning Rossiya qo‘shinlari Baxmut shimolidagi 570 metrlik hududni topshirib yuborgani haqidagi bayonotini ham keltirib o‘tdi. 

Bu Ukraina mudofaa vaziri o‘rinbosari Anna Malyarning Ukraina qo‘shinlari Baxmutdan shimolga 500 metr va Baxmutdan janubga 1000 metr ilgarilagani haqidagi bayonotiga mos keladi, deyiladi xabarda. 

«Vagner» XHKning Baxmutdagi hujum harakatlari xarakteri Ukrainaning mahalliy qarshi hujumlari bilan solishtirganda nisbatan cheklangan, bu Rossiyaning hududdagi tashabbusini yo‘qotganini ko‘rsatadi», deb yozadi ISW ekspertlari.

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top