Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina prezidenti: Biz qarshi hujumga tayyormiz
Ukraina qarshi hujumga tayyor, deya ma’lum qildi uning prezidenti Volodimir Zelenskiy The Wall Street Journal nashriga bergan intervyusida.
Foto: Reuters
Davlat rahbari bu operatsiya qancha davom etishini bilmasligini qo‘shimcha qildi.
Bundan tashqari, Kiyev o‘z hamkorlaridan ko‘proq qurol olishni xohlaydi, deya ta’kidladi Ukraina rahbari.
«Biz ba’zi narsalarga ega bo‘lishni xohlaymiz, lekin oylar davomida kuta olmaymiz», dedi Zelenskiy.
Ukrainalik sapyorlar Ukraina Qurolli kuchlarining qarshi hujumiga tayyorgarlik doirasida bir necha hafta davomida Rossiya tomonidan bosib olingan hududlar chegarasidagi minalarni olib tashlash uchun mashaqqatli mehnat qilmoqda, deb yozadi Amerikaning The Washington Post gazetasi.
Uning ma’lumotlariga ko‘ra, ukrainalik muhandislar va sapyorlar ba’zi hollarda o‘z ishlari uchun mudofaa istehkomlarini buzib o‘tishga mo‘ljallangan yangi jihozlardan, shu jumladan Germaniyaning Leopard 2 tankiga asoslangan maxsus o‘zgartirilgan transport vositalaridan foydalanyapti.
Mavzuga oid
15:08 / 17.01.2026
Ukraina sudi Timoshenko uchun 661 ming yevro garov belgiladi
14:28 / 17.01.2026
Shmixal: Ukrainada Rossiya zarbalaridan zarar ko‘rmagan elektr stansiyalari qolmadi
13:17 / 17.01.2026
Zelenskiy: Ukraina delegatsiyasi AQShga yo‘l oldi
12:17 / 17.01.2026