Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BBC va «Mediazona» Ukrainada 25 ming rossiyalik harbiy halok bo‘lganini nomma-nom tasdiqladi
BBC rus xizmati va «Mediazona» jurnalistlari ko‘ngillilar yordamida Ukrainada 25 218 rossiyalik askar halok bo‘lganini ism-sharifi bilan, nomma-nom tasdiqlashga muvaffaq bo‘ldi.
Oxirgi ikki hafta ichida 1213 nafar halok bo‘lganlarning ismlari qayd etilgan.
BBC ta’kidlashicha, so‘nggi haftalarda qurbonlar sonining o‘sish sur’ati Rossiya hujumining faol bosqichi tugaganiga qaramay, nisbatan yuqoriligicha qolmoqda.
Jurnalistlarning taxmin qilishicha, haqiqiy qurbonlar soni kamida ikki baravar ko‘p, ya’ni 50 mingga yaqin odam. Ular «so‘nggi 15 oy davomida Rossiyaning 65 dan ortiq aholi punktlaridagi qabristonlardagi vaziyatni tizimli o‘rganib», shunday xulosaga kelishdi.
BBC va «Mediazona» ma’lumotlariga ko‘ra, jarohat tufayli safdan chiqqanlar hisobga olinsa, tiklab bo‘lmaydigan yo‘qotishlar 225 ming kishini tashkil qilishi mumkin - jurnalistlarning fikricha, har bir halok bo‘lganga o‘rtacha uch yarimga yaqin yarador to‘g‘ri keladi.
Bu hisob-kitoblarga o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Donbass respublikalari «xalq militsiyalari» tarkibida Rossiya tomonida jang qilganlar kiritilmagan.
Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi yo‘qotishlar haqida so‘nggi bor 2022 yil sentabrida xabar bergan. O‘shanda idora 5937 rossiyalik harbiy halok bo‘lganini e’lon qilgandi.
Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi 10 iyun holatiga ko‘ra, 214 ming rossiyalik askar halok bo‘lganini da’vo qilmoqda.
Mavzuga oid
22:13
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
20:34
Kapotnyadagi zavodga Rossiya raketasi tushgani ma’lum qilindi
18:17
Solovyov dronlar hujumini tasvirga olganlarni qamashni talab qildi
08:58