Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«PSJ» Mbappeni transferga qo‘ydi
«PSJ» bugundan Kilian Mbappe transferi bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqishni boshlaydi.
Insayder Fabritsio Romano xabariga ko‘ra, Parij klubi futbolchining jamoani 2024 yilda erkin agent sifatida tark etish qaroridan kelib chiqib, uni transferga qo‘yishga qaror qilgan.
L’Equipe xabariga ko‘ra, Mbappe kelishuvni uzaytirmasa yoki shu yozdayoq boshqa klubga o‘tishni istamasa, «PSJ» rahbariyati 24 yoshli fransuzni transfer oynasi yopilguncha tarkibdan vaqtinchalik chetlatish masalasini ko‘rib chiqmoqchi.
Qayd etilishicha, Kilian bo‘yicha allaqachon bir necha klubdan taklif tushgan.
Avvalroq, «PSJ» Mbappeni Yaponiyadagi turnega boradigan tarkibdan olib tashlagani ma’lum qilingandi. Futbolchi 2024 yil erkin agent sifatida «Real»ga o‘tishni rejalashtirgan.
Mavzuga oid
20:55 / 07.07.2026
«Mustamlakadan chiqqan kamerunlik». Mbappega irqchilik qilindi
10:45 / 05.07.2026
JCh kundaligi. Paragvay Fransiyani qiynadi, Marokash Kanadani jazoladi
12:18 / 01.07.2026
JCh kundaligi. Mbappe Messini ta’qib qilmoqda
16:25 / 30.06.2026