Qonun loyihasi bilan “Konstitutsiyaviy sud to‘g‘risida”gi konstitutsiyaviy qonunga Konstitutsiyaviy sud tomonidan referendumga chiqarilayotgan masalalarning Konstitutsiyaga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa berilishini, shuningdek Konstitutsiyaviy sud sudyalari qayta saylanish huquqisiz o‘n yillik muddatga saylanishini nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Qonun loyihasi Konstitutsiya oliy yuridik kuchga egaligidan kelib chiqib, Konstitutsiya va qonunlarning so‘zsiz ustuvorligi hamda ularning bir xilda amalda bo‘lishini ta’minlaydi.

Fraksiya a’zolari mazkur qonun loyihasi muhim konseptual hujjat ekanligi, ushbu yo‘nalishdagi qonunchilikning uzviyligi va davomiyligini ta’minlashda alohida ahamiyat kasb etishini e’tirof etib, uni qo‘llab-quvvatladi.