Taqdimot marosimi sentabr oyida bölib ötadigan yangi iPhone smartfonlari seriyasi yangi tugma, kattaroq ölçamdagi ekran, yaxşilangan kamera va protsessor böladi. Bu haqda Bloomberg naşri öz manbalariga tayanib xabar bermoqda.
Agentlik tarqatgan ma’lumotlarga köra, standart iPhone 15 modelida ilk bor Dynamic Island — frontal kamera uçun qöşimça funksionallarga ega kesim paydo böladi. Pro va Pro Max seriyalari displeylari LIPO texnologiyalari böyiça tayyorlanadi va şu tufayli ekran hoşiyasi 0,7 mm.ga yupqalaşadi va uning kengligi bor-yöği 1,5 mm böladi.
iPhone Pröning dizayni ham özgaradi: korpus ramasi titan qorişmasidan tayyorlanadi, orqa paneli esa xiralaştirilgan şişadan. Telefonning içki qurilmasi ham özgartiriladi, bu esa uni ta’mirlaşni osonlaştiradi, deb yozadi Bloomberg.
iPhone 15 bazaviy modelida ilk bor odatiy Lightning tuynugi örnida Android smartfonlariniki kabi USB-C V porti paydo böladi. Bu sim orqali ma’lumot uzatiş tezligini oşiradi, biroq foydalanuvçilar uçun qöşimça xarajatlarga olib kelişi mumkin, deb yozadi agentlik.
iPhone 15 smartfonlarining protsessori ham özgaradi — qurilmaga iPhone 14 Pro va 14 Pro Max’da ötgan yili foydalanilgan A16 çipi örnatiladi. Öz navbatida, Pro-modellar yangi, 3 nanometrli protsessorga ega böladi.
Bundan taşqari, iPhone 15 va 15 Pro kameralari ham juz’iy tarzda özgartiriladi. Gap, xususan, 15 Pro Max telefonlaridagi yangi obektivlar va optik yaqinlaştirişning kengaytirilgan diapazoni haqida bormoqda.
Agentlik ma’lumotlariga köra, Apple yangi seriyada şuningdek ovozni kuçaytiruvçi va pasaytiruvçi tugmalar, ovozsiz rejimga ötkaziş tugmasini ham yangi, vibratsiyalanuvçi tugmalarga almaştirişni rejalaştirgan edi. Biroq işlab çiqişdagi murakkabliklar tufayli bu yangilikni keyinroqqa qoldirgan. Yangi iPhone’da ovozsiz rejimga ötkaziş tugmasi örnida dasturlanuvçi Action Button tugmasi joriy etilmoqda. Bloomberg ma’lumotlariga köra, tugmadagi funksiyani menyu orqali özgartiriş mumkin, masalan kamerani yoki fonarni yoqişga.
Yangi iPhone’larning narxi AQŞdan taşqarida ötgan yilgi modellarga nisbatan balandroq böladi. AQŞda titanli korpus va yangi kameralar tufayli Pro-modellar narxi oşişi mumkin. Masalan, ötgan yili titandan tayyorlangan Apple Watch narxi zanglamaydigan pölatdan tayyorlangan smart soatlarga nisbatan 100 dollarga qimmatroq qilib belgilangandi.













