London: Rossiya quruqlikdagi kuchlarni mustahkamlash uchun yirik yangi tuzilmalar tuzmoqda
Rossiya so‘nggi ikki oy ichida quruqlikdagi qo‘shinlarni, xususan, 25-umumqo‘shin armiyasini kuchaytirish uchun yangi yirik tuzilmalarni shakllantirishni boshladi. Bu haqda Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi razvedka ma’lumotlariga tayanib xabar qilmoqda.

Foto: Ms
Mahkamaning navbatdagi hisobotida aytilishicha, Ukrainadagi to‘liq miqyosli harbiy harakatlar paytida Rossiya asosan allaqachon tuzilgan tuzilmalarni to‘ldirish uchun yoki hududiy mudofaa piyoda polklarining bir qismi sifatida safarbar qilingan zaxirachilardan foydalangan.
Umumqo‘shin armiyalari kabi yangi tuzilmalar kamdan-kam hollarda tuzilgan. 2022 yilning yozida tashkil qilingan 3-armiya korpusi bundan mustasno bo‘lib, u, London ma’lumotlariga ko‘ra, umuman olganda, yaxshi natija ko‘rsatmagan.
Britaniya razvedkasi Rossiyaning har qanday yangi tuzilmasi Ukrainada zaxira kuchi sifatida joylashtirilishi mumkin, deb hisoblaydi. Biroq uzoq muddatda Moskva NATOga qarshi kuchlarini kuchaytirishga intilmoqda.
Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligining xulosasiga ko‘ra, yangi keng ko‘lamli safarbarlik to‘lqinisiz, Rossiya hatto bitta yangi armiya yaratish uchun yetarli darajada yangi harbiy xizmatchilarni topa olmaydi.
Tavsiya etamiz
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
Mavzuga oid

23:25 / 05.07.2025
Rossiya deyarli barcha demografik statistikani maxfiylashtirdi

21:41 / 05.07.2025
Ozarboyjon Rossiya bilan ziddiyat kuchayishini istamaydi – Erdo‘g‘an

18:31 / 05.07.2025
«Afg‘onistonda tinchlik va normal davlatchilik bo‘lishiga eng ko‘p intilayotgan davlat – O‘zbekiston» - Kamoliddin Rabbimov

11:48 / 05.07.2025