Rossiya xorijliklar uchun elektron vizalar berishni boshladi
Rossiyaga bir martalik tashrif buyurish uchun elektron viza 55 mamlakat fuqarolari uchun mavjud. Bunday vizani olishga yuzning raqamli fotosurati va pasport asosiy sahifasining skanerini taqdim etish kifoya.

Foto: turkmenportal.com
1 avgustdan boshlab Rossiyada RFga turist sifatida tashrif buyurish, mehmon yoki xizmat safari, ilmiy, madaniy, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va sport tadbirlarida qatnashish istagida bo‘lgan xorijliklar uchun yagona elektron vizalar berish tizimi ishga tushirildi.
Rossiyaga bir martalik tashrif buyurish uchun elektron viza 55 mamlakat, jumladan, Germaniya, Avstriya, Italiya, Xitoy, Shimoliy Koreya, Indoneziya, Meksika, Saudiya Arabistoni, Kuvayt, Ummon, Eron fuqarolari uchun mavjud. Vetnam, Kamboja, Myanma davlatlar ro‘yxatiga oxirgi bo‘lib kiritilgan. AQSh va Buyuk Britaniya ro‘yxatda yo‘q.
Elektron viza olish uchun Rossiya Tashqi ishlar vazirligining ixtisoslashtirilgan veb-saytida yoki mobil ilova orqali safar sanasidan kamida to‘rt kun oldin ariza to‘ldirish kerak. Unga arizachining raqamli fotosurati va pasport ma’lumotlari bo‘lgan sahifaning skaneri ilova qilinadi.
Konsullik yig‘imi 52 dollardan, olti yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun esa 2 dollardan oshmaydi. Viza chet el fuqarosiga Rossiyada 16 kungacha qolish huquqini beradi. Safar viza rasmiylashtirilgan kundan boshlab 60 kun ichida istalgan sanada amalga oshirilishi mumkin, ammo Rossiyadan chiqish sanasi viza berilgan paytdan boshlab 60 kundan kechikishi mumkin emas.
Tavsiya etamiz
«Arsenal» «Real»ni YeChLdan chiqarib yubordi. Arteta buni qanday uddaladi va «Madrid»ning muammosi nimada?
Sport | 12:20
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov
O‘zbekiston | 19:45 / 15.04.2025
Inflatsiyani o‘lchash: narxlar qanday kuzatiladi?
O‘zbekiston | 19:31 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Bu yigit bolta olib chopyapti» – Bayden prezidentlikdan ketgach ilk marta ommaviy chiqish qildi
Jahon | 16:36
-
Rossiya tashqi ishlar vaziri O‘zbekistonga keladi
Jahon | 16:25
-
Istanbulda Turkiya fuqarosini ruxsatsiz rasmga olgan o‘zbekistonlik deport qilinadi
Jahon | 16:20
-
Hindistonda o‘zbek tili mutaxassisligi bakalavriat dasturiga kiritilishi mumkin
O‘zbekiston | 16:11
Mavzuga oid

16:56 / 15.04.2025
Turkmanistonda xorijliklarning kirishini soddalashtirish bo‘yicha qonun loyihasi tayyorlanmoqda

16:59 / 14.04.2025
«Krokus» teraktida ayblanayotgan tojikistonliklar aqli raso deb topildi

14:07 / 14.04.2025
Rossiyada mushkul ahvolda qolgan oila O‘zbekistonga qaytarildi

10:30 / 14.04.2025