OAV: «Real» Mbappening tanishtiruv marosimi uchun materiallarga buyurtma berdi
«Real Madrid» Kilian Mbappeni jamoaning yangi futbolchisi sifatida tanishtirish uchun materiallar tayyorladi. Madrid klubi matbuot xizmati yangi futbolchining taqdimoti uchun video va grafikalarni to‘playapti.

Foto: Getty Images
Ispaniyaning Marca nashri xabariga ko‘ra, bunday tayyorgarlik Mbappening transferi bo‘yicha kelishuv yakunlangan degani emas. «Real» o‘tgan yili ham fransiyalik futbolchining taqdimotiga tayyorgarlik ko‘rgan edi, o‘shanda transfer amalga oshmay qolgandi.
Futbolchi hozirda to‘p surayotgan «PSJ» allaqachon u bilan aloqani uzishni boshlagan. Foot Mercato xabariga ko‘ra, parijliklar «Park de Prens» stadioni fasadidan futbolchi tasvirlagan posterni olib tashlagan. Shu bilan birga, OAV xabarlariga qaramay, Mbappe ismi tushirilgan futbolkalar «PSJ» rasmiy do‘konida hamon sotilmoqda.
Iyun oyida futbolchi fransuz klubi bilan shartnomani uzaytirish variantini faollashtirmasligi ma’lum bo‘ldi. «PSJ» Mbappeni jamoadan chetlatdi va shartnomani uzaytirishdan bosh tortgani uchun mavsum uchun arizadan olib tashlashi mumkin. ESPN xabariga ko‘ra, futbolchi «PSJ»ning Liga 1 yangi mavsumidagi «Loryan»ga qarshi birinchi o‘yinini va, ehtimol, avgust oyidagi barcha o‘yinlarini o‘tkazib yuboradi.
Avvalroq, taniqli futbol insayderi Fabritsio Romano Saudiyaning «Al-Hilol» klubi parijliklarga hujumchini 300 million yevroga transfer qilish bo‘yicha rasmiy taklif bilan chiqqani haqida xabar bergandi - bu futbol tarixidagi eng yuqori summa. Ammo Mbappe bu yozda «Real»dan boshqa klubga o‘tishi dargumon, deya ta’kidlaydi L’Equipe.
Mbappe 24 yoshda, u 2017 yilda «Monako»dan «PSJ»ga o‘tgan edi. Fransiyalik futbolchi Parij klubi safida 260 ta o‘yin o‘tkazib, 212 ta gol urgan va 98 ta golga assistentlik qilgan. Jamoa bilan birga u besh karra Fransiya chempioni, shuningdek, uch karra Fransiya kubogi sohibiga aylandi. Futbolchi milliy jamoa tarkibida 2018 yilgi jahon chempioni hisoblanadi. 2023 yil avgust oyi boshida Transfermarkt futbolchining transfer narxini 180 million yevroga baholadi.
Tavsiya etamiz
Trampning savdo urushi: u Xitoyga yon berdimi?
Jahon | 22:28 / 20.05.2025
O‘zbekistonda go‘sht narxi oshishiga qaysi omillar ta’sir qilyapti?
Iqtisodiyot | 22:11 / 20.05.2025
Nima qilsa muzqaymoq bolalarning tomog‘ini og‘ritmaydi? – pediatr maslahati
Jamiyat | 17:23 / 20.05.2025
Boysunning kelajagi nima bo‘ladi? FVV mas’uli izoh bera olmadi
O‘zbekiston | 21:32 / 19.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh hukumati Harvard universitetiga chet ellik talabalarini o‘qishga qabul qilishni taqiqladi
Jahon | 00:39
-
Shavkat Mirziyoyev Sloveniya prezidenti bilan birga qo‘shma biznes forumda ishtirok etdi
O‘zbekiston | 23:48 / 22.05.2025
-
Angrenda 4 nafar maktab o‘quvchisi bitiruv kechasiga pul topish maqsadida o‘g‘irlik sodir etdi
Jamiyat | 23:34 / 22.05.2025
-
“Putinga yoqish uchun aytilgan gaplar” - ekspertlar Kobyakovning bayonoti haqida
Jahon | 23:21 / 22.05.2025
Mavzuga oid

20:38 / 22.05.2025
Modrich «Real»ni tark etadi

21:21 / 11.05.2025
«Barsa» 7 ta gol urilgan klasikoda g‘alaba qozonib, amalda chempionlik masalasini hal qildi

18:18 / 09.05.2025
Alonso «Bayer»dan ketishini e’lon qildi. U «Real»ga keladi

11:38 / 05.05.2025