Farg‘onada serbiyalik darvozabon yosh bolalarni so‘kdi, o‘yindan keyin hakamlarga «bakalajka» otildi
O‘FA holat bo‘yicha bayonot berdi.

Foto: O‘FA
Superliga 16-turi doirasidagi «Neftchi» - «So‘g‘diyona» (0:0) o‘yinida noxush holatlar kuzatildi.
Farg‘onadagi «Istiqlol» stadionida 14 600 nafar tomoshabin qarshisida o‘tgan uchrashuv ancha asabiy ruhda o‘tib, bosh hakam Rustam Lutfulin tomonidan o‘yin ishtirokchilariga jami 11ta sariq kartochka ko‘rsatildi, mezbonlar o‘yinchisi uchrashuv yakunida maydondan chetlatildi.
O‘yin davomida jizzaxliklar darvozaboni Milan Mitrovich darvoza ortidagi to‘pni olib beruvchi yosh bolalarga o‘ta qo‘pol munosabatda bo‘ldi. Serbiyalik golkiper unga tegishli bo‘lgan suv idishini qidirib, bolboylarni so‘kdi, operator qarshisida quyushqondan chiqib ketdi.
O‘yindan keyin esa mahalliy muxlislar tomonidan uchrashuv hakamlari va mehmon jamoa a’zolariga qarata turli buyumlar uloqtirildi.
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Farg‘onadagi holatlar bo‘yicha bayonot berib, 35 yoshli serbiyalik darvozabonning keng jamoatchilikning muhokamasiga sabab bo‘lgan harakatlari o‘rganilib, aybdorlarga tegishli choralar ko‘rilishini ma’lum qildi.
«Superliga 16-turidan o‘rin olgan «Neftchi» - «So‘g‘diyona» (0:0) uchrashuvi davomida mehmon jamoa darvozaboni Milan Mitrovich stadionda faoliyat olib borayotgan xodimlar hamda to‘p uzatuvchi yosh futbolchilarga qo‘pol muomalada bo‘ldi.
Bu esa o‘z navbatida muxlislar va keng jamoatchilik e’tirozlarini keltirib chiqardi. Mazkur holat O‘FA Tartib-intizom qo‘mitasi tomonidan sinchkovlik bilan o‘rganib chiqiladi va mojaro sabablari aniqlanib, aybdorlarga tegishli choralar ko‘riladi. Shu o‘rinda, futbolchilar har qanday ehtirosli holatda ham o‘zini professional sportchidek tutishi zarur ekanligini eslatib o‘tmoqchimiz», - deyiladi O‘FA bayonotida.
Eslatib o‘tamiz, 2020 yil «Neftchi» - «Turon» (0:1) o‘yinidan keyingi stadiondagi janjal sababli Farg‘onadagi «Istiqlol» stadioni ma’muriyatiga chora ko‘rilgan, «Neftchi» klubi 3ta o‘yinni tomoshabinsiz o‘tkazishi va 100 mln so‘m jarimaga tortilishi e’lon qilingandi.
Ma’lumot uchun, «Neftchi» Superligada 3-o‘rinda bormoqda, «So‘g‘diyona» esa 8-pog‘onadan joy olgan.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Braziliyada fermer 36 mln dollar yutib oldi va 25 kundan keyin stomatolog qabulida vafot etdi
Jahon | 21:31
-
YeIga a’zo 5 ta davlat bolalar uchun TikTok va YouTubeʼni taqiqlash taklifi bilan chiqdi
Jahon | 21:14
-
Ukrainaning Rossiya aerodromlariga kutilmagan hujumlari urushda burilish nuqtasi bo‘ladimi?
Jahon | 20:53
-
«Missiya yakunlandi». «Vagner» XHK Malidan ketishini e’lon qildi
Jahon | 20:33
Mavzuga oid

16:50 / 18.10.2023
Chempionlik 22 yil o‘tib, poytaxtdan tashqariga chiqadimi? Bosh sovringa qaysi jamoa asosiy da’vogarligi haqida

10:15 / 29.09.2023
Xayrullo Bozorov birinchi o‘rinbosarini «Neftchi» klubi prezidenti etib tayinladi

15:05 / 12.08.2023
Farg‘onadagi o‘yinda dam solingan «muqaddas suv» mojarosi: Mitrovich nega jazavaga tushdi?

14:47 / 06.08.2023