OAV: Maxachqal’adagi portlash oqibatida O‘zbekiston fuqarosi ham halok bo‘lgan
Ayni paytda Maxachqal’adagi portlashda halok bo‘lganlardan faqat yetti nafarining shaxsi aniqlandi. Bu haqda Mash telegram-kanali xabar berdi.

Foto: RIA Novosti
Qayd etilishicha, ular orasida ikki bola bor: 5 yoshli qiz va 10 yoshli o‘g‘il bola.
Mash ma’lumotiga ko‘ra, bir nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgan. U 1990 yilda tug‘ilgan N.R. ekani aytiladi.
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi bu borada hozircha rasmiy ma’lumot e’lon qilgani yo‘q.
Dog‘iston respublikasi markazi Maxachqal’a shahrida yonilg‘i quyish shoxobchasida yuz bergan kuchli portlash oqibatida kamida 35 kishi halok bo‘ldi.
Shot Telegram-kanali FVVdagi manbasiga tayanib yozishicha, portlash to‘lqini tufayli yonayotgan yonilg‘i alanga ichida qolgan avtoservisni ko‘rish uchun kelgan va undan 50 metr radiusda bo‘lgan odamlarga yopirilgan. Mash Telegram-kanali mahalliy aholiga tayanib, portlash oqibatida odamlar bo‘lgan avtobus butunlay yonib ketganini da’vo qilmoqda.
Mash’ning yozishicha, yonilg‘i quyish shoxobchasi hududida birorta ham o‘t o‘chirish gidranti ishlamagan, yong‘inni o‘chirish uchun suv qo‘shni hududlardan olib kelingan, jabrlanganlar mahalliy aholi tomonidan shifoxonalarga yetkazilgan.
Mahalliy hokimiyat ma’lumotlariga ko‘ra, jabrlanganlarning bir qismi keyin boshqa tibbiyot muassasalariga o‘tkazilgan. Favqulodda vaziyatlar vazirligi ahvoli o‘ta og‘ir bemorlarni Moskvaga olib borish uchun Maxachqal’aga maxsus samolyot yubordi.
Tavsiya etamiz
Boysunning kelajagi nima bo‘ladi? FVV mas’uli izoh bera olmadi
O‘zbekiston | 21:32 / 19.05.2025
Yerosti suvlaridan foydalanuvchilar hisoblagich o‘rnatmasa, 5 barobar soliq to‘laydi. Bu qanday ishlaydi?
O‘zbekiston | 21:05 / 19.05.2025
“Sirtqi ta’lim yopilsa, hech narsa yo‘qotmaymiz” – mutaxassislar bilan suhbat
O‘zbekiston | 15:26 / 19.05.2025
Rossiyaga kirishda QR-kod talab qilinadi
Jahon | 13:33 / 19.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
3 yoshli jiyanini 3 ta tilda gapirtirgan yigit: miya sirlarini o‘rganayotgan Jamshidbek hikoyasi
Jamiyat | 17:17
-
“Shohrux Abdunazarovni majburiy keltirish tadbirlari amalga oshirilmoqda” – Jizzax IIB yuk mashinalari bilan bog‘liq firibgarlik haqida
Jamiyat | 17:03
-
ANORBANK Jazoirda XSRIK bilan 10 million dollarlik moliyalashtirish bitimini tuzdi
Jamiyat | 17:00
-
O‘zbekiston prezidenti ilk bor Sloveniyaga tashrif buyurdi
O‘zbekiston | 16:57
Mavzuga oid

20:56 / 11.05.2025
“Buning oxiri bormi?” – kofrunliklar o‘z holiga tashlab qo‘yilganidan xavotirda

21:01 / 01.05.2025
Germaniya shimolidagi portda portlash sodir bo‘ldi

15:26 / 25.04.2025
Balashixada portlash oqibatida bosh shtab generali halok bo‘ldi

13:48 / 23.04.2025