BRICS mamlakatlari yetakçilari Argentina, Misr, Eron, Efiopiya, Birlaşgan Arab Amirliklari va Saudiya Arabistonini taşkilotga tölaqonli a’zo böliş uçun taklif qilişga rozi böldi. Bu haqda Janubiy Afrika Respublikasi prezidenti Siril Ramafosa Yohannesburgdagi BRICS sammitida aytib ötdi.

Unga köra, 2024 yildan boşlab BRICS tarkibiga 6 ta yangi davlat kiradi. Biroq, taşkilotning kengayişi bu bilan çeklanib qolmaydi.

BRICS (Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy, Janubiy Afrika sözlarining inglizça qisqartmasi) davlatlararo assotsiatsiya bölib, beş mamlakat: Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy va Janubiy Afrikani öz içiga olgan.

Taşkilot 2006 yil iyun oyida Sankt-Peterburg iqtisodiy forumi doirasida iqtisodiy va madaniy hamkorlikni rivojlantiriş maqsadida taşkil etilgan.

Hozirgi bosqiçda BRICS mamlakatlari dunyo aholisining 40 foizini, jahon iqtisodiyotining 25 foizini qamrab oladi.