OChL guruh bosqichiga qur’a tashlandi - Neymar Namanganga, Benzema Olmaliqqa kelishi mumkin
Krishtianu Ronaldu boshchiligidagi yulduzlardan iborat «An Nasr» guruh bosqichida O‘zbekistonning to‘rt klubidan birortasiga raqib bo‘lmadi.

Videodan kadr
Malayziya poytaxti Kuala-Lumpurda Osiyo Chempionlar Ligasida G‘arb mintaqasining guruh bosqichiga qur’a tashlandi va unda O‘zbekistonning 4 klubi ham o‘z raqiblarini bilib olishdi.
O‘zbekistonning amaldagi chempioni «Paxtakor» nisbatan oson guruhdan o‘rin oldi. Uning guruhida Saudiya Arabistonidan yulduzlarsiz «Al Fayha» qatnashadi.
O‘zbekiston Kubogi sohibi sifatida OChLga chiqqan «Nasaf»ning guruhida esa umuman saudlar klubi yo‘q, jamoa o‘tgan yilgi raqibi «As Sadd» bilan bu safar ham guruhda to‘qnash keldi.
OChLga pley-off o‘yinlari orqali yo‘llanma olgan «Navbahor» turnir favoritlaridan biri, Saudiya Arabistonining nomdor jamoasi «Al Hilol»ga raqib bo‘ldi, bu jamoa shu yil yozda tarkibini kuchaytirib, Neymar, Kulibali, Mitrovich, Savich, Nevesh, Malkom, Yassin Bunu kabi futbolchilarni o‘z safiga qo‘shib olgan.
O‘zbekistonning pley-off orqali og‘ir yo‘lni bosib o‘tgan yana bir jamoasi, Mirjalol Qosimov boshqaruvidagi OKMK esa Saudiya Arabistonining amaldagi chempioni «Al Ittihod» bilan guruhdosh bo‘ldi. Bu jamoa ham yozgi transferlar oynasida shov-shuvli transferlar amalga oshirib, Benzema, Kante va Fabino kabi yulduzlarni olib kelgan.
Saudlarning yana bir nomdor jamoasi, tarkibida Ronaldu, Mane, Taliska, Brozovich, Lyaport kabi yulduzlari bor «An Nasr» klubi esa Tojikiston vakili «Istiqlol» bilan bir guruhdan joy oldi.
A guruhi
«Paxtakor» (O‘zbekiston)
«Al Fayha» (Saudiya Arabistoni)
«Ahal» (Turkmaniston)
«Al Ayn» (BAA)
V guruhi
«As Sadd» (Qatar)
«Nasaf» (O‘zbekiston)
«Al Faysali» (Iordaniya)
«Sharja» (BAA)
S guruhi
«Al Ittihod» (Saudiya Arabistoni)
«Sipohon» (Eron)
«Eyr Fors» (Iroq)
OKMK (O‘zbekiston)
D guruhi
«Al Hilol» (Saudiya Arabistoni)
«Nassaji Mozandaron» (Eron)
«Mumbay Siti» (Hindiston)
«Navbahor» (O‘zbekiston)
Ye guruhi
«Persepolis» (Eron)
«Duhayl» (Qatar)
«Istiqlol» (Tojikiston)
«An Nasr» (Saudiya Arabistoni)
Ma’lumot uchun, guruh bosqichi 6ta turdan iborat bo‘ladi va 18 sentabrda boshlanib, 5 dekabrda tugaydi.
Tavsiya etamiz
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
YeChL. "PSJ" "Inter"ga javobsiz 5ta gol urib, o‘z tarixida ilk bor musobaqa g‘olibi bo‘ldi
Sport | 01:49
-
Mashhurlar ishtirokidagi futbol turnirida janjal uyushtirganlardan biri 10 sutkaga qamaldi
Sport | 01:30
-
“G‘arbiy Sibirni o‘zbeklar boshqargan” – tahlilchilar Rossiyada ko‘tarilgan shov-shuv haqida
Jahon | 22:40 / 31.05.2025
-
Yaponiyada internet tezligi bo‘yicha yangi jahon rekordi o‘rnatildi
Fan-texnika | 22:02 / 31.05.2025
Mavzuga oid

23:19 / 04.03.2025
Elit OChL. «Paxtakor» nimchorakfinal dastlabki o‘yinida «Al Hilol»ni mag‘lub etdi

21:13 / 17.02.2025
Elit OChL. «Paxtakor» Riaskosning dubli evaziga «As Sadd»ni mag‘lub etib, pley-offga chiqish imkoniyatini saqlab qoldi

23:07 / 21.10.2024
OChL. «Paxtakor» Iroqda durang qayd etib, 8-o‘rinda qoldi

21:16 / 02.10.2024