Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp hibsga olindi va garov evaziga qo‘yib yuborildi
Uning qamoqxonadagi surati e’lon qilindi.
Jorjiya shtatida saylovlarga aralashganlikda ayblanayotgan AQSh sobiq prezidenti Donald Tramp Atlanta qamoqxonasi politsiyasiga taslim bo‘ldi. Uning qamoqxonada olingan fotosurati birinchi marta e’lon qilindi.
Avvalroq, Tramp advokatlari 200 ming dollar garov puli evaziga uni ozodlikda qoldirishga kelishib olgandi. Shu sababli, 20 daqiqa o‘tgach, Tramp qo‘yib yuborildi.
Ozodlikda qolishning yana bir sharti: guvohlar va sudlanuvchilar bilan muloqot qilmaslik. Bundan tashqari, Tramp sudda shaxsan ishtirok etishi kerak, bu haqda oldinroq ogohlantirilgan edi.
Avvalroq Jorjiya okrugi prokurori Feni Uillis Oq uyning sobiq rahbari Donald Tramp ishi bo‘yicha sud jarayonini kelasi yilning 4 mart kuniga belgilashni taklif qilgan edi. Tramp va uning ishi bo‘yicha boshqa gumonlanuvchilar sentabr oyi boshida rasman ayblov qo‘yilishi uchun sudga kelishi kutilmoqda, dedi u.
Tramp o‘ziga nisbatan qo‘yilayotgan barcha ayblovlarni rad qilmoqda.
Mavzuga oid
12:25 / 06.07.2026
FIFAda mojaro: tashkilot amerikalik futbolchining diskvalifikatsiyasini kechiktirdi
23:54 / 05.07.2026
Tramp Anqarada Zelenskiy bilan uchrashishi mumkin
12:48 / 05.07.2026
AQSh mustaqilligining 250 yilligini dabdaba va mushakbozlik bilan nishonladi (fotoreportaj)
05:49 / 05.07.2026