AQSh Suriyada kurdlar va arablar o‘rtasidagi ziddiyatni bartaraf etishga harakat qilmoqda
SDF kurd tuzilmalari vakillari va arab qabilalari shayxlari Dayr-az-Zorda keskinlikni yumshatish zarurligi to‘g‘risida kelishib oldi, deb xabar berdi AQShning Suriyadagi elchixonasi Amerika rasmiylarining hududga tashrifidan so‘ng.

Foto: Reuters
AQShning yuqori martabali rasmiylari 3 sentabr, yakshanba kuni bir necha kun avval «Suriya demokratik kuchlari» (SDF) kurd tuzilmalariga qarshi arab qabilalarining isyoni boshlangan Suriya sharqidagi Dayr-az-Zor viloyatiga tashrif buyurdi.
AQShning Suriyadagi elchixonasi ma’lum qilishicha, davlat kotibi yordamchisi o‘rinbosari Eytan Goldrich va IShIDga qarshi AQSh boshchiligidagi koalitsiyaga qo‘mondonlik qilayotgan general-mayor Joel B. Vauell SDF kurd tuzilmalari va qabilalar shayxlari bilan uchrashgan.
«Ular Dayr-az-Zor aholisining shikoyatlarini ko‘rib chiqish muhimligi, Dayr-az-Zorga tashqi aralashuv xavfi, tinch aholi o‘limi va jarohatlanishining oldini olish hamda zo‘ravonliklarni tezda bartaraf etish zarurligi haqida kelishib oldi», deyiladi elchixonaning X mikrobloglar tarmog‘idagi (sobiq Twitter) xabarida.
Qayd etilishicha, Goldrich va Vauell IShIDga qarshi kurashda «AQShning SDF bilan yaqin hamkorligi muhimligini yana bir bor ta’kidlagan».
SDF kurd tuzilmalari va arab qabilalarining jangchilari o‘rtasidagi to‘qnashuvlar 27 avgustda boshlangan, uning davomida har ikki tomon ham yo‘qotishlarga uchradi. Kurdlar Dayr-az-Zor viloyatidagi Al-Buseyra va Ash-Shohil shaharlarini egallab oldi, 2 sentabr kuni Suriya shimoli-sharqidagi ular nazorati ostidagi hududlarda komendantlik soati joriy etildi.
Tavsiya etamiz
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Qoraqalpog‘istonda bambuk ekinzorlari barpo etiladi
O‘zbekiston | 14:00
-
O‘zbekiston universitetlariga Britaniyadan professor-o‘qituvchilar jalb qilinadi
O‘zbekiston | 13:39
-
Dronlar va zamonaviy qurollar – mudofaa sohasidagi innovatsion texnologiyalar festivalidan fotoreportaj
O‘zbekiston | 12:36
-
Rossiyada Bryansk va Kurskda ko‘priklar qulashi terakt deb tan olindi
Jahon | 12:20
Mavzuga oid

21:44 / 01.06.2025
Mashhur rassomning o‘g‘irlangan 50 ming dollarlik kartinasi chiqindixonadan topildi

21:17 / 01.06.2025
Britaniya yadroviy qurollarni tashishga qodir qiruvchi samolyotlarni xarid qiladi

18:51 / 01.06.2025
AQShda yuk mashinasi ag‘darilishi oqibatida 250 mln asalari uchib ketdi

14:42 / 31.05.2025