Germaniya TIV rahbari urush boshlanganidan beri to‘rtinchi bor Kiyevga tashrif buyurdi
Germaniya Tashqi ishlar vazirligi rahbari, uning so‘zlariga ko‘ra, butun Yevropa erkinligi uchun kurashayotgan Ukraina bilan birdam. U Ukrainani Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish yo‘lida qo‘llab-quvvatlashga va’da berdi.

Foto: Dominik Butzmann/Imago Images
Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok 11 sentabr, dushanba kuni ertalab Kiyevga e’lon qilinmagan tashrif bilan keldi – o‘tgan yilning fevralida Ukraina urushi boshlanganidan beri to‘rtinchi bor. Dpa agentligining qayd etishicha, Berbok Kiyevga Nyu-Yorkdagi BMT Bosh assambleyasi yig‘ilishidan bir hafta oldin kelgan va shuning uchun uning tashrifi ahamiyatli bo‘lib, Ukraina bilan birdamlikni namoyish etishga qaratilgan.
Berbok Kiyevga poyezdda Polshadan tunda maxsus reys bilan yetib keldi, chunki Ukraina havo hududi urush tufayli yopiqligicha qolmoqda. Uni Kiyevdagi vokzalda Germaniyaning Ukrainadagi elchisi Martin Yeger kutib oldi.
Ukraina bilan birdamlik
Annalena Berbok Ukrainani Germaniyaning so‘zsiz qo‘llab-quvvatlashiga ishontirdi, biroq ayni paytda Kiyevni islohotlarni davom ettirishga, jumladan, korrupsiyaga qarshi kurashga ham chaqirdi.
«Bombalar yomg‘iri ostida va Rossiya tanklari qarshisida Ukraina ishonchli va qat’iy ravishda Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish yo‘lidan ketyapti. Ukraina barchamizning erkinligimizni ulkan jasorat bilan himoya qilmoqda. Ukraina bizning mudofaamiz uchun tik turibdi, u bizga ishonishi mumkin», - deya ta’kidladi Berbok hamda o‘z mamlakati Ukrainani Yevropa Ittifoqiga kirish yo‘lida qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.
2022 yil iyun oyidan beri Ukraina Yevropa Ittifoqiga kirish uchun nomzod maqomiga ega. O‘shanda Yevropa komissiyasi Ukraina uchun yettita ustuvor vazifani ishlab chiqdi. Kiyev, Bryusselga ko‘ra, allaqachon bu vazifalarning bir qismini qisman bajargan. Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish shartlariga rioya qilishiga oid yangi hisobot oktyabr oyida e’lon qilinishi kutilmoqda.
Rossiyani tanqid qilish
Kiyevga yetib kelgan Germaniya tashqi ishlar vaziri Rossiya rahbariyatini va Ukrainaga qarshi boshlagan urushni yana keskin tanqid qildi.
«Tajovuz nafaqat Ukrainadagi kundalik hayotga va fuqarolik obektlariga maqsadli hujumlarda namoyon bo‘lyapti. Bu harakatlar odamlarni sindirib, tushkunlikka solishi va charchatishni maqsad qilgan», dedi Berbok.
Tavsiya etamiz
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
YeChL. "PSJ" "Inter"ga javobsiz 5ta gol urib, o‘z tarixida ilk bor musobaqa g‘olibi bo‘ldi
Sport | 01:49
-
Mashhurlar ishtirokidagi futbol turnirida janjal uyushtirganlardan biri 10 sutkaga qamaldi
Sport | 01:30
-
“G‘arbiy Sibirni o‘zbeklar boshqargan” – tahlilchilar Rossiyada ko‘tarilgan shov-shuv haqida
Jahon | 22:40 / 31.05.2025
-
Yaponiyada internet tezligi bo‘yicha yangi jahon rekordi o‘rnatildi
Fan-texnika | 22:02 / 31.05.2025
Mavzuga oid

17:33 / 31.05.2025
Rossiya «bufer zona» yaratish uchun Sumi oblastiga hujum qilmoqda. Bu amalga oshadimi?

16:55 / 31.05.2025
Rossiya Zaporojiye yo‘nalishida hujum boshladi – Sirskiy

08:43 / 31.05.2025
Oq uy kelasi hafta Rossiya va Ukraina to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazishiga umid qilmoqda

08:01 / 31.05.2025