Qorabog‘ hududida avvalgi jangovar harakatlar to‘lqini yakunlanganiga uch yilcha bo‘lyapti. Yangi to‘qnashuvlar nega boshlandi va u nima bilan tugashi mumkin? BBC ekspertlarga shu savolni berdi.

Qorabog‘ni Armaniston bilan bog‘lovchi Lochin yo‘lagidagi to‘siq. Foto: AFP

2020 yilgi 44 kunlik urush yakunlariga ko‘ra Ozarboyjon Qorabog‘ning bir qismi va unga yondosh tumanlarni qaytarib olgan edi. Qorabog‘ga Ozarboyjon, Armaniston va Rossiya rahbarlarining kelishuviga ko‘ra rossiyalik tinchlikparvar kuchlar kiritilgandi. Ular armanlar istiqomat qiladigan hududni nazorat qilib, ularning xavfsizligini ta’minlashi ko‘zda tutilgan.

Armaniston Bokuning deyarli barcha talablariga rozi bo‘lgan, evaziga Qorabog‘da istiqomat qiluvchi armanlarning xavfsizligiga kafolat va Xonkandi bilan to‘laqonli muzokaralar talab qilgan. Qorabog‘ning o‘zida esa bir necha oydirki humanitar krizis davom etmoqda — 2020 yil dekabridan buyon hududni Armaniston bilan bog‘lovchi Lochin yo‘lagi to‘sib qo‘yilgan.

Qorabog‘da nimalar bo‘lyapti?

«Jangovar harakatlarning boshlanishiga o‘tgan oqshom mina portlashi natijasida olti nafar ozarboyjonlik harbiylar halok bo‘lgani bevosita sabab bo‘lgan. Biroq, janglar boshlanishi uchun qulay fon Ozarboyjon tomonining armanlar o‘t ochish rejimini buzayotgani, arman kuchlari tomonidan yangi pozitsiyalarda xandaqlar qazilayotgani to‘g‘risidagi xabarlar bilan boyitib turildi», — deb yozadi Janubiy Kavkazdagi mojarolar bo‘yicha tadqiqotchi Lorens Broyers.

Armanlar pozitsiyasi yo‘q qilinishi. Foto: Ozarboyjon qurolli kuchlari / Getty Images

«Qorabog‘ni tobora «kulrang zona» deb atayotgan, u yerda qurollangan guruhlar mavjudligiga toqat qilib bo‘lmasligini ta’kidlayotgan, bu yerdagi ayirmachilarning barcha tuzilmalarini tarqatib yuborishga chorlayotgan Ozarboyjonning ritorikasi uning motivlari to‘g‘risida aniq belgi berib turgan edi», — deb yozgan Broyers X (sobiq Twitter) tarmog‘ida va seshanba kuni boshlangan jangovar harakatlardan so‘ng