Özbekiston taşqi işlar vaziri Baxtiyor Saidov Nyu-York şahrida Körfaz arab davlatlari hamkorlik kengaşi boş kotibi Jasem Muhammad Al-Budaiviy bilan uçraşdi.

«Körfaz arab davlatlari hamkorlik kengaşi boş kotibi Jasem Muhammad Al-Budaiviy janoblari bilan birgalikda «Körfaz arab davlatlari – Markaziy Osiyo» oliy darajadagi birinçi sammiti davomida erişilgan barça kelişuvlarni röyobga çiqarişga e’tibor qaratdik», - deb yozdi Özbekiston TIV rahbari özining Telegram-kanalida. 

Uşbu tuzilmaga a’zo mamlakatlarning barçasi muhim savdo va investitsiyaviy hamkorlar hisoblanadi. Qayd etilişiça, iqtisodiy aloqalarni kengaytiriş, innovatsion va ilğor texnologiyalarni joriy etiş, turizmni rivojlantiriş ustuvor vazifalardan biri bölib qoladi. Muloqot davomida Körfaz arab davlatlari hamkorlik kengaşi davlatlariga qişloq xöjaligi mahsulotlari eksportini oşiriş yöllari muhokama qilindi.

Özbekiston prezidenti 19 iyul kuni Jidda şahrida bölib ötgan «Markaziy Osiyo – Körfaz arab davlatlari hamkorlik kengaşi» formatidagi davlat rahbarlarining birinçi sammitida iştirok etgan edi. Sammit iştirokçilari «Markaziy Osiyo – Körfaz arab davlatlari hamkorlik kengaşi» formatidagi navbatdagi oliy darajadagi uçraşuvni Samarqand şahrida ötkaziş taklifini qöllab-quvvatladi.