21 sentabr kuni Duşanbe şahrida «Tojikiston – Özbekiston – Turkmaniston – Eron – Turkiya» transport yölagi böyiça yuqori darajadagi işçi guruhning birinçi maslahat yiğilişi bölib ötdi.
Iqtisodiy hamkorlik taşkiloti (IHT) boşçiligida ötkazilgan işçi guruh yiğilişida Transport va logistikani rivojlantiriş muammolarini örganiş markazi mutaxassislari iştirok etdi.
IHTga a’zo davlatlar transport vazirlarining 11-yiğilişida qabul qilingan Anqara deklaratsiyasiga köra, «Tojikiston – Özbekiston – Turkmaniston – Eron – Turkiya» multimodal transport koridorini rivojlantiriş böyiça loyiha dasturini işlab çiqişga kelişilgan edi.
Yiğilişda yuk taşişlarni köpaytiriş va savdo tartib-qoidalarini soddalaştiriş, xususan dengizga çiqiş imkoni bölmagan mamlakatlar uçun xalqaro tranzitni rivojlantiriş va rağbatlantiriş masalalari muhokama qilindi.

















