Rossiya TIV: Pashinyan javobgarlikdan qochib, aybni Moskvaga to‘nkashga urinyapti
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Pashinyanning 24 sentabrda mustaqillik haqidagi murojaatini «Moskva rad etadi», deya ma’lum qildi.

Foto: Sputnik / Yevgeniy Odinokov
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyanning 24 sentabrda mustaqillik haqidagi murojaatini «Moskva rad etishini» bildirdi.
«Armaniston Respublikasi bosh vaziri Pashinyanning 2023 yil 24 sentabrda mustaqillik haqidagi murojaati Rossiyaga qarshi qabul qilib bo‘lmaydigan bayonotlarni o‘z ichiga oladi va uni rad etishdan boshqa hech narsaga sabab bo‘lolmaydi. Ichki va tashqi siyosatdagi muvaffaqiyatsizliklar uchun javobgarlikni o‘z zimmasidan soqit qilishga, aybni Moskvaga to‘nkashga urinish ko‘rinib turibdi», deyiladi Tashqi ishlar vazirligi bayonotida.
Bayonotda aytilishicha, «Pashinyanning so‘nggi gaplari Rossiya Federatsiyasining G‘arbdan ilhomlantirilgan va rasmiy Yerevan tomonidan turtkilangan, [Rossiya bilan] o‘z mamlakati va ittifoqdoshlik munosabatlari uchun buzg‘unchi bo‘lgan jarayonlar epizodik emas, balki tizimli xarakterga ega ekani haqidagi oldingi xulosalarini tasdiqlaydi».
Armaniston hukumati rahbari, aslida, bu vaqt davomida respublika ataylab Rossiyadan yuz o‘girishga tayyorgarlik ko‘rganini tan oldi, deb ta’kidladi Rossiya TIV.
«Armaniston taraqqiyotining yangi g‘arbiy vektorini belgilashga qaratilgan qadamlar Rossiya Federatsiyasi va KXShT tomonidan go‘yoki yo‘l qo‘yilgani aytilgan xatolar bilan izohlangan. Shu bilan birga, bizning mamlakatlarda xavfsizlik va taraqqiyot masalalarida manfaatlar o‘xshash ekani esdan chiqarilyapti. AQSh va NATO davlatlari esa nafaqat Rossiyaga strategik zarar yetkazish, balki umumiy Yevrosiyo makonini beqarorlashtirishni maqsad qilgan», deyiladi bayonotda.
Tavsiya etamiz
Modrich «Real»ni tark etadi
Sport | 20:38 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
Jahon | 15:40 / 22.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
Jahon | 21:49 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
Jahon | 21:32 / 21.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Bola ko‘ziga telefon zararini kamaytirish uchun nima qilish kerak? – oftalmolog javob berdi
O‘zbekiston | 16:22
-
AQSh Moliya vazirligi Suriyaga qarshi sanksiyalar yumshatilganini e’lon qildi
Jahon | 16:19
-
82 milliard so‘mlik QQS tadbirkorlarga noqonuniy qaytarilgani aniqlandi – DXX
O‘zbekiston | 16:08
-
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi
O‘zbekiston | 15:49
Mavzuga oid

14:39
Lavrov: Rossiya Vatikanda Ukraina bilan muzokara olib bormaydi

13:12
OAV Ukrainada 109 mingdan ortiq rossiyalik harbiy halok bo‘lganini tasdiqladi

08:50
Kiyev va mintaqaga tungi hujum: jabrlanganlar bor

21:59 / 23.05.2025