Peskov: Rossiya tinchlikparvarlarining Qorabog‘dagi missiyasini uzaytirish Boku bilan muhokama qilinadi
Bundan tashqari, mintaqada Ozarboyjon, Armaniston va Rossiya uchun juda muhim bo‘lgan transport kommunikatsiyalari va logistikasini rivojlantirish rejalashtirilgan, dedi Rossiya prezidenti matbuot kotibi.

Foto: RIA Novosti
Rossiya tinchlikparvar kuchlarining Qorabog‘dagi missiyasini uzaytirish imkoniyatlari Ozarboyjon tomoni bilan muhokama qilinadi. Bu haqda jurnalistlarga Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.
«Hozircha bu savolga kimdir javob berishi dargumon, chunki hozir gap Ozarboyjon hududida joylashgan missiya haqida ketmoqda. Bu Ozarboyjon tomoni bilan muhokama mavzusi bo‘ladi», — dedi Peskov Rossiya OAVga.
Shu bilan birga, Peskov Boku va Yerevan o‘rtasida tinchlik shartnomasini tuzish masalasining dolzarbligini qayd etdi.
«Bu, albatta, dolzarb. Bundan tashqari, mintaqada transport kommunikatsiyalari va logistikasini rivojlantirish rejalari bor. Bu Ozarboyjon, Armaniston va Rossiya uchun juda muhim. Umid qilamizki, bu ish davom etadi», — dedi Peskov.
Avvalroq, 28 sentabr kuni Tog‘li Qorabog‘ respublikasi rahbari Samvel Shahramanyan separatistik rejimni tarqatib yuborish to‘g‘risidagi «farmon»ni imzolagan edi.
«Farmon»da «2024 yil 1 yanvargacha idoraviy bo‘ysunuvdagi barcha davlat muassasalari va tashkilotlari hamda «Tog‘li Qorabog‘ Respublikasi» o‘z faoliyatini to‘xtatadi», deyilgan.
Bir kun avval Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Rossiya mudofaa vaziri o‘rinbosari Yunus-Bek Yevkurov va «Vagner» sobiq qo‘mondoni Andrey Troshev o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvni sharhlar ekan, Peskov uchrashuv chog‘ida «maxsus harbiy operatsiya» ishtirokchilari uchun barcha zarur sharoitlarni ta’minlash bo‘yicha ishlarni tashkil etish muhokama qilinganini aytdi.
Kreml vakilining ta’kidlashicha, «prezident ushbu mavzular bo‘yicha bir necha bor gapirgan va operatsiya barcha ishtirokchilari, xoh ular harbiy xizmatchilar bo‘ladimi, xoh u yoki bu tarkibdagi ko‘ngillilar bo‘ladimi, mavjud bo‘lgan barcha ijtimoiy imtiyozlardan teng ravishda foydalanishi kerakligini bir necha bor aytdi».
«Bu ishni tashkil qilishni, birinchi navbatda, Mudofaa vazirligi bilan hamohanglashtirish kerak. Aynan shu munosabat bilan bugun suhbat bo‘lib o‘tdi», — deya qo‘shimcha qildi Peskov.
Tavsiya etamiz
Shveytsariyadagi qishloqqa ko‘chib kelgan sayyohlarga 24 ming dollardan pul to‘lanadi
Jahon | 01:36 / 09.06.2025
Toshkentda ilk BRT tizimi: u qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
O‘zbekiston | 20:17 / 07.06.2025
Bir nechta tashkilotlar Enter Engineering kompaniyasini sudga berdi
O‘zbekiston | 17:39 / 07.06.2025
Xatolar ulg‘aytirgan jamoa. O‘zbekistonning mundial sari uzoq yo‘li haqida
Sport | 15:27 / 07.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Karlovi Vari - Yevropaning asosiy sog‘lomlashtirish joyi
Jamiyat | 15:00 / 09.06.2025
-
Talabga javob bermaydigan mahsulotni o‘z ixtiyori bilan chaqirib olgan tadbirkorlarga yengillik beriladi
O‘zbekiston | 12:38
-
Rossiyaning tungi hujumlari: Odessadagi tug‘uruqxonaga dron urildi
Jahon | 12:21
-
Kuchli ta’sir qiluvchi dorilarning muomalaga kiritilishi oldi olindi
Jamiyat | 12:11
Mavzuga oid

13:40 / 05.06.2025
Kreml: Rossiya memorandumi mojaro asosiy sabablarini bartaraf etishga qaratilgan

16:37 / 29.05.2025
Sherzod Asadov Rossiya prezidenti matbuot kotibi bilan uchrashdi

12:23 / 14.05.2025
Peskov: Rossiya delegatsiyasi muzokaralar uchun 15 may kuni Istanbulga boradi

11:10 / 13.05.2025