Bitim Qatar Savdo-sanoat palatasi birinçi vitse-prezidenti Muhammad Al-Kuvari va Özbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vahobov örtasidagi uçraşuv yakunlari böyiça imzolandi.
Anglaşuv memorandumi ikki davlatning işbilarmon doiralari örtasida mustahkam aloqalarni örnatiş va ularni kelgusida rivojlantiriş böyiça savdo-iqtisodiy sohalarda özaro manfaatli hamda samarali hamkorlikni rivojlantirişga kömaklaşiş iqtisodiy va tijorat qonunçiligiga taalluqli ma’lumot bilan bölişiş va bunday ma’lumotlarni qanday oliş, şarhlaş va tahlil qiliş böyiça körsatmalar beradi.

Işbilarmonlar Kengaşining tuzilişi esa ikki mamlakat işbilarmon doiralari örtasidagi hamkorlikni rivojlantirişga, ular uçun özaro munosabatlarning yangi platformalarini yaratişga, şuningdek, özbek mahsulotlarini Qatarga eksport qiliş hajmini oşiriş hamda xorijiy investitsiyalarni jalb qilişda yordam beradi.

Uçraşuv davomida Davron Vahobov Özbekiston va Qatar örtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada qöllab-quvvatlaş uçun işçi guruhlar taşkil etilişini ta’kidladi. Öz navbatida Qatar Savdo-sanoat palatasi tomonidan uşbu fikr qöllab-quvvatlandi.
Şuningdek, D.Vahobov Özbekistonda turizm sohasida yaratilayotgan imkoniyatlar va tadbirkorlarga berilayotgan imtiyozlar töğrisida töxtalib ötdi.

















