Isroil armiyasi G‘azo sektori chegarasidagi aksariyat aholi punktlari ustidan nazoratni tikladi
Mamlakat qurolli kuchlari janubdagi aksariyat aholi punktlarini HAMASdan qaytarib oldi.

Foto: Reuters
Isroil armiyasi janubdagi G‘azo sektori bilan chegaradagi aksariyat aholi punktlari nazoratini tiklaganini ma’lum qildi. Bu haqda Gazeta.ru xabar berdi.
Bungacha Isroil qurolli kuchlari mamlakat janubida joylashgan Reim harbiy bazasini o‘z nazoratiga qaytargan edi.
7 oktyabr kuni HAMAS Isroilga raketa hujumini uyushtirdi va «Al-Aqso to‘foni» operatsiyasi boshlanganini e’lon qildi. Shundan so‘ng, G‘azo sektori bilan chegaradagi bir necha aholi punktlari jangarilar tomonidan qo‘lga kiritildi.
Isroil milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvir 7 oktyabr kuni mamlakatda favqulodda holat e’lon qildi.
Isroil bosh vaziri Netanyahu mamlakat urush holatida ekanini e’lon qildi. Isroil Mudofaa armiyasining HAMAS a’zolariga qarshi operatsiyasi «Temir qilichlar» deb nomlangan.
Mavzuga oid

15:14
2024 yil mojaro hududlarida yashayotgan bolalar uchun «tarixdagi eng og‘ir yillardan biri» bo‘ldi

14:15
Isroil armiyasining G‘azoga hujumi bir kunda 40 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

13:09
BMT: Isroilning G‘azodagi tinch aholiga hujumi urush jinoyati bo‘lishi mumkin

15:05 / 03.06.2025