Isroilning HAMASga qarshi urushi 16 kundirki davom etmoqda. 19 oktyabr kuni Isroil mudofaa armiyasi Iordan daryosining G‘arbiy sohiliga zarba berdi. Isroil harbiylari bu safargi eskalatsiya vaqtida G‘arbiy sohil bo‘ylab zarbalar berish uchun aviatsiya qo‘llamayotgandi. Shu kuni bu yerda falastinliklar va terrorchilikda gumonlanuvchilarni aniqlash maqsadida reyd boshlagan Isroil xavfsizlik kuchlari o‘rtasida to‘qnashuv ro‘y berdi. Falastin ma’muriyati tasdiqlashicha, to‘qnashuv oqibatida olti nafar falastinlik halok bo‘lgan, isroillik harbiylarning yo‘qotishlari haqida ma’lumot yo‘q. Isroil 80 nafar gumonlanuvchi qo‘lga olingani, ular orasida HAMASning 63 nafar a’zosi borligi aytilgan. 

Iordan daryosining G‘arbiy sohili

Iordan daryosi g‘arbiy sohilidagi Xevron shahrida yopiq turgan do‘konlar, 18 oktyabr. Shu kuni G‘azodagi shifoxonaga zarba berilganiga qarshi ish tashlash bo‘lib o‘tgandi, bu zarba uchun HAMAS Isroilni ayblagan, Isroil tomoni buni rad etib, shifoxona hovlisiga «Islom jihodi» guruhining havoda portlab ketgan raketasi parchalari tushganini bildirgan.
Mamoun Wazwaz / apaimages / Scanpix / LETA
Rossiya va Falastin bayroqlarini ko‘targan kishilar Iordan daryosi G‘arbiy sohilidagi Xevron shahri ko‘chalarida. Ular G‘azo sektoridagi falastinliklar bilan birdamlik aksiyasini o‘tkazishdi.
Raneen Sawafta / Reuters / Scanpix / LETA
Tulkarm shahridagi Nur-Shams qochqinlar lageri ustidagi tutun. 19 oktyabr kuni Isroil kuchlari lagerga kirganidan keyin harbiylar va mahalliy aholi o‘rtasida to‘qnashuvlar boshlangan
Majdi Mohammed / AP / Scanpix / LETA
Nur-Shams qochqinlar lageridagi Isroil harbiy mashinalari, 19 oktyabr
Majdi Mohammed / AP / Scanpix / LETA
Nur-Shams qochqinlar lagerida reyd uyushtirgan isroillik harbiylar
Majdi Mohammed / AP / Scanpix / LETA