Rossiya Moskvada HAMAS delegatsiyasi bilan muzokaralar o‘tkazdi
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi G‘azo sektorida garovga olinganlarni ozod qilish haqida gap ketayotganini bildirdi. HAMAS «AQSh va G‘arb tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan sionistik jinoyatlarni to‘xtatish yo‘llari» muhokama qilinganini aytdi.

Foto: RIA Novosti
Rossiya HAMAS harakati delegatsiyasini rasman qabul qildi. «HAMAS qarshilik harakati siyosiy byurosi a’zosi Abu Marzuk Moskvada. U bilan G‘azo sektorida garovga olinganlarni zudlik bilan ozod qilish bo‘yicha Rossiya liniyasining davomi hamda Rossiya va boshqa chet el fuqarolarini evakuatsiya qilish masalasi muhokama qilindi», — deya «Interfaks» agentligi Rossiya TIV bayonotidan iqtibos keltiradi.
O‘z navbatida, HAMAS Rossiya prezidentining Yaqin Sharq va Afrikadagi maxsus vakili, Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mixail Bogdanov bilan Moskvada uchrashuv bo‘lib o‘tganini tasdiqladi. «Harakat delegatsiyasi sionistlarning G‘azo sektoriga bo‘lgan tajovuzini hamda AQSh va G‘arb tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan sionistik jinoyatlarni to‘xtatish yo‘llarini ko‘rib chiqdi», - deyiladi HAMASning Rossiya Telegram-kanallari orqali bergan bayonotida.
Ayni vaqtda, Eron tashqi ishlar vazirining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Ali Bageri Qani Moskvaga tashrif buyurdi. Rossiya TIV xabariga ko‘ra, muzokaralar chog‘ida Eron yadro dasturi masalalari, shuningdek, Kavkazortidagi hozirgi vaziyat muhokama qilingan.
7 oktyabr kuni HAMAS jangchilari Isroilga hujum uyushtirdi. O‘shandan beri Isroil HAMAS nazorati ostidagi aholi zich joylashgan Falastin hududlariga yirik havo hujumlarini amalga oshiryapti.
Tavsiya etamiz
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
Jahon | 22:24 / 12.05.2025
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Qaysi hududda yashash va ovqatlanish xizmatlariga talab yuqori?
O‘zbekiston | 10:43
-
Zominda jarlikka tushib ketgan fuqaro qutqarildi
Jamiyat | 10:24
-
3 mlrd so‘mlik energiya resurslari talon-toroj qilingani aniqlandi
Jamiyat | 10:00
-
Xorazmdagi uylardan biriga asteroid tushgani rad qilindi
Jamiyat | 09:41
Mavzuga oid

10:44
Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan bola O‘zbekistonga qaytarildi

08:30
Makron Rossiyaga o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lmasa, sanksiyalar bilan tahdid qildi

20:55 / 13.05.2025
Shavkat Mirziyoyev «Gazprom neft» kompaniyasi boshqaruvi raisi bilan uchrashdi

20:52 / 13.05.2025