Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiyada rossiyalik milliarder sanksiyalarni buzgani uchun qo‘lga olindi
Fransiyada rossiyalik milliarder va "Alfa-Grupp" asoschisi Aleksey Kuzmichev pul yuvish, soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash va sanksiyalar rejimini buzganlikda gumonlanib qo‘lga olindi, deb yozadi Le Monde gazetasi manbalarga tayanib.
Mamlakat prokuraturasi tintuvlar tadbirkorning Parijdagi uyi, shuningdek, Sen-Tropedagi villasida o‘tkazilganini tasdiqladi.
Kuzmichev 2022 yilning mart oyida Yevropa Ittifoqi sanksiyalari ostida qolgan.
Bryusselda uni "Rossiyadagi eng nufuzli odamlardan biri" deb atashgan, u "Putin bilan biznes aloqalarini saqlab turishi" bildirilgan.
Sanksiyalar Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga kirishni taqiqlaydi, biroq Le Monde manbasining aniqlik kiritishicha, biznesmen cheklovlarga duchor bo‘lgan paytda Fransiyada bo‘lgan.
Mavzuga oid
09:55
Fransiyada o‘rmon yong‘ini: mingga yaqin kishi evakuatsiya qilindi
21:45 / 09.07.2026
Saida Mirziyoyeva yetakchi fransuz kompaniyalari vakillari bilan uchrashdi
08:43 / 09.07.2026
Pavel Durov Parijda yana so‘roq qilindi
09:25 / 03.07.2026