Taşrif doirasida Özbekiston delegatsiyasi rahbari va Afğoniston boş vazirining iqtisodiy masalalar böyiça örinbosari Abdul Ğani Barodar örtasida tor doiradagi uçraşuv bölib ötdi. Uçraşuvda ikki mamlakat investitsiyalar, sanoat va savdo, qişloq, suv xöjaligi, toğ-kon sanoati va geologiya, energetika hamda transport vazirlari iştirok etdi.

Afğoniston va Özbekistonda iqtisodiy sohada hali işga solinmagan imkoniyatlar köpligi va ulardan foydalaniş esa özaro tovar ayirboşlaş hajmini bir neça barobarga köpaytirişga xizmat qilişi ta’kidlandi. Afğonistonlik investorlar, işbilarmon doiralar vakillari va yuk taşiş avtomobillari haydovçilariga viza rasmiylaştiriş böyiça yangi mexanizm yaratilayotgani uçun Özbekiston tomoniga minnatdorlik bildirildi.

Öz navbatida, Jamşid Xöjayev Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tomonidan ikki tomonlama tovar ayirboşlaş hajmini yaqin kelajakda 3 milliard dollarga yetkaziş böyiça "Yöl xaritasi" işlab çiqilganini ta’kidladi.

Özbekiston tomoni Afğonistonda transport/tranzit va elektr ta’minoti böyiça keng kölamli infratuzilma loyihalarida iştirok etiş, kadrlar tayyorlaş va ularning salohiyatini oşirişga tayyorligi yana bir bor ta’kidlandi. Şuningdek, Özbekistonda ham Afğonistonda işlab çiqarilgan mahsulotlar körgazmasini taşkil etiş ma’lum qilindi.

Taşrif yakunlari böyiça 1 milliard 185 million dollar miqdoridagi eksport/import kelişuvlariga erişildi.